“Jayron” Buxoro ixtisoslaşgan pitomnigi huzurida “Döstlar klubi” oçildi. Bu jonivorlarni yaxşi köradigan kompaniyalarning hamjamiyati bölib, ularning ixtiyoriy badallari jonivorlarni oçlikdan nobud bölişdan qutqaradi. Qöriqxonaning ayni damdagi tabiiy ozuqa bazasi jami 1135 ta bölgan jonivorlarning faqat 800 tasiga yetadi.

“Jayron” pitomnigi Qizilqum çölining janubi-ğarbida joylaşgan bölib, 40 yildan ortiqroq vaqt mobaynida kamyob jonivorlarni köpaytiriş bilan şuğullanadi. Uning faoliyati tufayli jayronlar, qulunlar, Prjyevalskiy otlari, buxoro toğ qöylari, buxoro buğulari va vinsimon şoxli eçkilari populyatsiyasi tobora ösib bormoqda. Ammo jonivorlar sonining köpayişi ozuqa zaxiralari bilan boğliq muammolarni keltirib çiqardi. Uni hal qiliş uçun “Jayron” pitomnigi “Döstlar klubi”ni – jonivorlarni yaxşi köradigan kompaniyalar hamjamiyatini taşkil etdi, ularning xayriya yordamlari ozuqa sotib olişga sarflanadi.

«Ozuqa sotib oliş masalasi pitomnik oldida har yili yuzaga keladi. Bugungi kunda tösilgan hududda 955 ta jayron, 155 ta qulun va 25 ta Prjyevalskiy oti yaşaydi. Tabiat faqat 800 ta jonivorni boqa oladi. Qolganlarini oçlikdan qirilib ketişdan saqlaş – bizning vazifamiz. Pitomnik xodimlari yon-atrofdagi qöşni hududdan turli öt-ölanlar, qamiş, tuya yantoği, qandim kabilarni yiğib keladilar, lekin bu yetarli emas. Hayvonlarning yaşab qolişi uçun homiylardan körsatilayotgan kömak asos böla oladi. Bizga KNAUF kompaniyasi muntazam ravişda kömaklaşib keladi, ularning yordamlari bilan biz bir tonna arpa sotib olamiz. Bu qöşimça ozuqa jonivorlarning qişdan çiqib olişiga yordam beradi»,- deydi “Jayron” Buxoro ixtisoslaşgan pitomnigi direktori Şavkat Boltayev.

Hayvonlarga butun yil davomida qöşimça ozuqa berib turiladi.

“Biz biznes olami vakillari noyob qöriqxonani qöllab-quvvatlaşni istaşadi deb umid qilamiz, uşbu qöriqxona tufayli Özbekistonning nodir jonivorlari qirilib ketmaydi, balki qulay şaroitlarda yaşaydi hamda köpayadi. Biz xayr-ehson qiluvçilarga sarflangan har bir söm böyiça töliq hisobot taqdim etamiz va hamma vaqt ularni bizning tadbirlarimizda va ekskursiyalarimizda körişdan xursand bölamiz Şuningdek, pitomnik hududida "Döstlar klubi"ga a'zo kompaniyalarning nomlari tuşirilgan stend ham örnatilgan”, - deya qöşimça qildi Şavkat Boltayev.

Hozirgi vaqtda “Jayron” pitomnigining “Döstlar klubi” ga KNAUF kompaniyasi, Kogon şahar hokimiyati, Qorovulbozor tumani hokimiyati va Qorovulbozor tuman prokuraturasi kiradi.