Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy hukumati Xubeyda o‘lim ko‘rsatkichi kamayganini ma'lum qildi
Shanba kuni bilan taqqoslaganda, bir sutka ichida vafot etganlar soni 39 kishiga kamaydi
Xubey provinsiyasi sog‘liqni saqlash mintaqaviy komissiyasining ma'lum qilishicha, so‘nggi bir sutka ichida ushbu hududda 100 kishi vafot etdi. Reuters xabariga ko‘ra, bu boradagi vaziyat shanba kuni bilan taqqoslaganda yaxshilandi, o‘shanda Xitoy hukumati 139 bemorning o‘limi haqida ma'lum qilgandi.
Shu bilan birga, rasmiylar koronavirus bilan kasallanishning yangi holatlari (1933) oldingi kunga nisbatan 5 foizga ortganini ma'lum qildi. Ularning 90 foizi provinsiya poytaxti Uxan shahri hissasiga to‘g‘ri keladi, bu epidemiyaning tarqalishi sekinlashganidan darak beradi.
Xubey provinsiyasida jami 58 182 kasallanish holati qayd etilgan. U yerda 1696 kishi vafot etdi. Ushbu mintaqadan tashqarida jami 74 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Ulardan besh nafari Xitoyning materik qismidan tashqarida vafot etdi: Honkong, Tayvan, Fransiya, Yaponiya va Filippin.
O‘tgan hafta XXR rasmiylari virus tarqalishini to‘xtatish uchun yangi choralar ko‘rdi. Xubey provinsiyasida avtomobil transporti harakati taqiqlandi. Tez yordam, politsiya, o‘t o‘chiruvchilar mashinasi uchun istisno mavjud.
Uxanning o‘zida aholiga maxsus ruxsatsiz o‘z tumanlarini tark etish taqiqlab qo‘yildi.
Aynan Uxanda koronavirus dastlabki bor o‘tgan yilning dekabr oyi oxirida aniqlandi. O‘shanda shahardagi dengiz mahsulotlari bozori kasallanish manbai deb taxmin qilingandi.
Mavzuga oid
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
21:17 / 07.06.2026