2016 yilda Sagamixara şahridagi aqliy qobiliyatlari çeklangan odamlar uçun möljallangan muassasadagi nogironlarga hujum qilgan Satosi Uematsu ölim jazosiga hukm qilindi.

Bunday qarorni Yokogama şahri sudi çiqardi.

Yanvardagi sud jarayonida 30 yoşli ayblanuvçining advokatlari uning ong-şuursiz deb topilişini talab qilişgan. Ta'kidlanişiça, Uematsu ilk sud jarayonida birdan töpolon kötarib, oğziga nimanidir solişga harakat qilgan. Biroq sud nozirlari uni töxtatib qolişga muvaffaq bölişgan. Ayblanuvçi sudda qilgan işini tan olib, öz harakatlari uçun uzr söragan.   

Sagamixaradagi muassasaga hujum 2016 yil iyulda sodir etilgan. Öşa vaqtda muassasada 18 yoşdan 75 yoşgaça bölgan 150 kişi bölgan. Piçoq bilan amalga oşirilgan hujum oqibatida 19 kişi halok bölgan, 20dan köproq kişi jarohat olgan. Uematsu bu muassasada 3 yilça işlab, voqeadan bir neça oy oldin böşab ketgan.

Ayblanuvçi öz harakatlarini aqli zaif bemorlarni odam örnida körmasligi va ularni azob-uqubatlardan xalos etmoqçi bölgani bilan tuşuntirgan. Avvalroq Uematsu giyohvand moddalar qabul qilgani ham ma'lum qilingan. 

Yaponiyada ölim jazosi dorga osiş yöli bilan ijro etiladi. Mahbus ölim jazosiga mahkum qilinganini yillar davomida kutişi mumkin, biroq undan ijro etiladigan kun ertalabgina xabar topadi.