Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yer uchastkalari va bino-inshootlarning bozor narxiga yaqin kadastr bahosini aniqlash instituti joriy etiladi
“Davergeodezkadastr” qo‘mitasining faoliyatini tubdan takomillashtirish, noqishloq xo‘jaligi yer uchastkalari va bino-inshootlarning bozor narxiga yaqin kadastr bahosini aniqlash institutini joriy etish mo‘ljallanmoqda
Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.
2020 yil 1 mayga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihasi va amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Loyihada:
“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish;
“Ko‘chmas mulk obektlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish;
avtomatlashtirilgan raqamli axborot tizimini joriy etish;
yerga oid qonunbuzilishlarni o‘z vaqtida oldini olish uchun qo‘shimcha shtat birligini tashkil etish;
qo‘mitani moddiy-texnika bazasini rivojlantirish;
ko‘chmas mulkni ommaviy shakllantirish va baholash metodologiyasini ishlab chiqish;
ko‘chmas mulkning ommaviy shakllanishi bo‘yicha dastlabki elektron kartografik ma'lumotlar to‘plami shakllantirish;
ko‘chmas mulkni ommaviy baholash ishlarni tashkil etish bo‘yicha yagona bazada ma'lumotlar to‘plamini tizimlashtirish;
shaffof mexanizm joriy etgan holda ko‘chmas mulk obektining kadastr bahosini yangi elektron tizimga o‘tkazish;
ko‘chmas mulkning kadastr bahosini aniqlash uchun Internet tarmog‘i orqali buyurtma berish tartibini joriy etish nazarda tutiladi.
Amaliy chora-tadbirlarda:
davlat kadastrlari ma'lumotlari almashinuvini ta'minlash va kadastr ma'lumotlarini yangilab borish maqsadida davlat kadastrlari tizimi fazoviy ma'lumotlar geoportallarini yaratish;
davlat kadastrlarini yurituvchi vazirliklar tomonidan ochiq fazoviy ma'lumotlarni davlat kadastrlari tizimi bilan axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
interaktiv kadastr xaritalarini yaratish va foydalanuvchilar uchun internet tarmog‘ida metama'lumotlar tizimini yaratish nazarda tutiladi.
Ijro uchun mas'ullar - “Davergeodezkdastr” qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Bosh prokuratura, Toshkent shahar hokimligi.
Mavzuga oid
19:31 / 04.06.2026
2018 yildan keyin qurilgan noqonuniy uylarning taqdiri nima bo‘ladi?
22:25 / 14.04.2026
Urbanizatsiya, kadastr va geodeziya oliygohi ochiladi
08:30 / 12.03.2026
Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish evaziga pul talab qilgan mansabdor ushlandi
15:45 / 19.02.2026