Irlandiyaning Kork grafligi sohiliga Tanzaniya bayroği ostida bölgan, uzunligi 77 metrli MV Alta yuk kemasi suzib keldi, deb xabar berdi Irishexaminer portali. Kema bortida ekipaj a'zolari bölmagan.

«Bu juda ğayrioddiy», - dedi sohil qöriqlaş xizmati vakili.

Portalning yozişiça, «şarpa-kema»ni oxirgi marta yarim yil avval Afrika yaqinida körişgan. 2018 yil sentyabrda kema Bermud orollari janubi-şarqidan ötgani xabar qilingan.

Qutqaruv şlyupkalaridan foydalaniş böyiça menejyer Jon Tattan «şarpa-kema»ning bunça uzoq masofani bosib ötişi kamdan-kam uçraydigan hodisa ekanligini aytdi.

Irishexaminer portalining ma'lumot berişiça, kema kapitanini topişga bölgan urinişlar besamar ketgan.