Jahon | 00:02 / 18.02.2020
12095
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik milliarder o‘ziga qarashli kompaniyani 1 mlrd dollarga sotmoqchi

Forbes Real-Time reytingiga ko‘ra, Van Tszyanlin 14,4 mlrd dollar bilan Xitoyning eng badavlat kishilari ro‘yxatida 13-o‘rinda turibdi. U WTC’ni sotib olish uchun 650 mln dollar to‘lagan.

Ironman triatlon musobaqasi / Foto: Getty Images

Xitoyning Wanda Spors Group guruhi Ironman triatlon musobaqalari tashkilotchisini sotishni o‘ylamoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Bloomberg xabar berdi. Manbalardan birining aytishicha, kompaniya uning uchun 1 mlrd dollarga yaqin pul olishni rejalashtirmoqda.

Ironman brendining eksklyuziv huquqi Jahon triatlon korporatsiyasiga (WTC) tegishli. WTC 2015 yildan buyon xitoylik milliarder Van Tszyanlinning Dalian Wanda Group konglomeratiga qarashli Wanda Spors guruhi tarkibiga kiradi. 

Forbes Real-Time reytingiga ko‘ra, Van Tszyanlin 14,4 mlrd dollar bilan Xitoyning eng badavlat kishilari ro‘yxatida 13-o‘rinda turibdi. U WTC’ni sotib olish uchun 650 mln dollar to‘lagan.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Wanda Spors Ironman tashkilotchisini sotishni bir nechta xususiy investorlar bilan muhokama qilgan.  

Ironman klassik triatloni 3,86 km masofaga suzish, 180,25 km masofaga velopoyga va 42,1 km masofaga yugurishni o‘z ichiga oladi.  

Dunyo bo‘yicha har yili 170dan ortiq Ironman tadbirlari o‘tkaziladi. 

Mavzuga oid