Sport | 11:13 / 29.07.2024
3743
2 daqiqa o‘qiladi

2024 yilgi Olimpiya o‘yinlarida triatlonchilar uchun ikkinchi mashg‘ulot bekor qilindi

Parij Olimpiadasida Senada suv ifloslangani sababli triatlonchilarning mashg‘ulotlari yana bekor qilindi. Tashkilotchilar musobaqaning 30 iyul kuni boshlanishiga qadar vaziyat yaxshilanishini kutmoqda.

Foto: Aurelien Meunier/Getty Images

Parij Olimpiadasida Senada suv ifloslangani sababli triatlonchilar uchun suzish bo‘yicha mashg‘ulotlar yana bekor qilindi. Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi, Butunjahon triatlon federatsiyasi va Fransiya poytaxti rasmiylari 29 iyul, dushanba kuni daryoning suv sifati mashg‘ulotlar uchun «yetarli kafolat» bermaydi, deya ma’lum qildi.

Tashkilotchilar ob-havo prognozini inobatga olgan holda, 30 va 31 iyul kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan musobaqa boshlanishiga qadar suv sifati talab darajasida yaxshilanishiga ishonch bildirishdi. Bir kun avval triatlonchilarning birinchi mashg‘uloti bekor qilingandi. Senadagi suv sifati avvalgi ikki kun ichida kuchli yomg‘ir tufayli yomonlashgan.

Germaniya bosh murabbiyi Tomas Myollerning aytishicha, ular suv sifati «bir-ikki kun» yomonlashishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan va boshqa mashg‘ulotlar uchun maydonlar tashkil qilingan. «Umid qilamizki, quyosh hamma narsa rejalashtirilganidek davom etishiga yordam beradi», dedi Myoller.

Sena daryosini tozalashga 1,4 milliard yevro sarflandi

O‘yinlar boshlanishidan oldin ham Senadagi suv sifati ommaviy axborot vositalarida bir necha bor muhokama qilingan. So‘nggi yuz yil davomida daryoda suzish taqiqlangan, ammo Olimpiya o‘yinlari uchun ular Senani tozalashga qaror qilishdi, buning uchun 1,4 milliard yevro sarflandi. Biroq o‘yinlar oldidan muntazam tekshiruvlar daryoda xavfli bakteriyalar miqdorini aniqladi. 

17 iyul kuni Parij meri Ann Idalgoning o‘zi Sena daryosida suzib, uning musobaqaga yaroqliligini ko‘rsatdi. Ushbu suzish bo‘yicha Idalgo kompaniyasida 2024 yilgi Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi rahbari, slalomda eshkak eshish bo‘yicha Olimpiya chempioni Toni Estange va Ile-de-Frans poytaxt hududi prefekti Mark Giyom qatnashdi. Ularning ortidan o‘nga yaqin havaskor sportchilar suvga sho‘ng‘idilar.

Mavzuga oid