Birinçi bölib kemani keksa kişilar tark etadi. Ularni qirğoqda önlab avtobuslar kutib turibdi. Laynerni 19 fevralda virus aniqlanmagan 500 ga yaqin odam tark etişi mumkin böladi. Barça yölovçilarni kemadan tuşirişni 21 fevralgaça yakunlaş rejalaştirilgan.
Virus aniqlangan yoki kasallanganlar bilan bir kayutada bölgan kişilar qöşimça 14 kunlik karantinga qolişiga töğri qoladi.
18 fevral holatiga köra kemada kasallanganlar umumiy soni 542 nafarga yetgani ma'lum qilingan.
Kemani birinçi bölib keksa ayol tark etgan. Hammasi bölib kemada 3700dan köproq odam bor.

Kruiz layneri 20 yanvarda Yaponiyaning Yokogama şahridan 4 fevralda yakunlanişi kerak bölgan 2 haftalik kruizga jönagan. 3 fevralda kema undagi ba'zi yölovçilar virusga çalingan bölişi mumkinligi haqidagi xabarlardan keyin Yokogama portida tekşirişga töxtatilgan. Yaponiya soğliqni saqlaş vazirligi kemani 14 kunlik karantinga qöyişni talab qilgan.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 2 mingdan oşib ketdi. Ötgan kun içida 135 ta ölim holati qayd etilib, qurbonlar umumiy soni 2004 nafarga yetdi. Kasallanganlar soni 1749 nafarga köpayib, 74 mingdan oşib ketdi.
Ta'kidlab ötiş joiz, Xitoyda ilk bor bir kun içida virusga çalinganlar soni undan soğayib ketganlar sonidan kamroqni taşkil qildi. 18 fevralda kasallikdan foriğ bölgan 1824 kişi şifoxonadan çiqarilgan.
Şuningdek, virus öçoği hisoblangan Xubey provinsiyasidan taşqari boşqa hududlarda 15 kundan beri kasallaniş holatlari soni kamayişi kuzatilmoqda: 3 fevralda 890 ta kasallaniş holati qayd etilgan bölsa, 18 fevralda bor-yöği 56 ta yangi kasallaniş holati aniqlangan.
Xubeyda ham eng oğir vaziyat virus tarqalişi markazi bölgan Uxan şahridagina saqlanib qolmoqda. 18 fevralda Uxanda 1660 ta, provinsiyaning qolgan hududlarida esa bor-yöği 33 ta kasallaniş holati qayd etilgan.













