Elmira Bositxonova yangi lavozimga tayinlandi
Xotin-qizlar qo‘mitasining endilikda sobiq raisi Elmira Bositxonova yangi tuzilgan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligida vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, «Nuroniy» jamg‘armasi raisi Sodiqjon Turdiyev ham yangi vazirlikda vazir o‘rinbosariga aylangan.

Kun.uz manbasi xabar berishicha, Elmira Bositxonova yangi tashkil etilgan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Elmira Bositxonova 1958 yilda tug‘ilgan, 1981 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutining «davolash ishi» yo‘nalishini tamomlagan. 1981-2011 yillarda shifokor-intern, anesteziolog-reanimatolog, bo‘lim boshlig‘i, Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi bosh shifokori.
2011-2016 yillarda Bosh vazir o‘rinbosari – Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan, keyin Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgan Elmira Bositxonova 2019 yilning yozida yana hukumat a'zoligiga qaytarilgan, 2020 yilning yanvarida lavozimga qayta tasdiqlangandi.
Eslatib o‘tamiz, 18 fevral kuni O‘zbekiston Prezidentining «Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq Bosh vazir o‘rinbosari – Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimi tugatildi.
Xuddi shu farmon bilan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tuzilgan.
- 18 fevral kuni Qonunchilik palatasi deputatlari «Mahalla» kengashi raisi Rahmat Mamatovni Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri lavozimiga nomzod sifatida ma'qullashgandi.
- 19 fevral kuni Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aziz Ikromov o‘z lavozimini saqlab qolgan holda vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan, shuningdek, «Mahalla» kengashi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Botir Parpiyev vazir o‘rinbosarlaridan biriga aylangan.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Britaniya bozoriga eksportni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Jahon | 11:51
-
Bill Geyts fondi 2045 yilgacha 200 mlrd dollarni xayriya qiladi
Jahon | 11:39
-
«Yuksalish» harakati ko‘p qavatli uylarni boshqarishda ko‘plab kamchiliklarni aniqladi
O‘zbekiston | 11:11
-
Shifokor va hamshiralarni tayyorlash bo‘yicha yagona malaka talablari ishlab chiqiladi
O‘zbekiston | 11:10
Mavzuga oid

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga direktor tayinlandi

11:53 / 06.05.2025
IIVda axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosar lavozimi tugatildi, yangi departament tuzildi

11:24 / 06.05.2025