Joriy yilning 18 fevral kuni soat 06:40larda Samarqand viloyati, Bulunğur tumanida haydovçi O.I. boşqaruvida bölgan “Isuzu” rusumli avtobus hamda uşbu yönalişda qarama-qarşi tomondan harakatlanib kelgan haydovçi F.Q. boşqaruvida bölgan “Neksiya” rusumli transport vositalari iştirokida töqnaşuv sodir bölgan.
Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, natijada “Neksiya” rusumli transport vositasi haydovçisi F.Q. va uşbu avtomaşina yölovçisi F.X. voqea joyida vafot etişgan.
Bildirilişiça, yölovçilar D.X. va N.R. tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan.
“Hurmatli yöl harakati iştirokçilari, yöllarda harakatlanganda yöl harakati qoidalariga amal qilişingizni, transport vositasini ob-havo şaroitini hisobga olgan holda boşqarişingizni sörab qolamiz”, - deyiladi xabarda.

















