Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Anqaraga yetib bordi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan 19 fevral kuni tashrif bilan Turkiyaga yetib bordi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
«Esonbug‘a» xalqaro aeroportida davlat rahbarini Turkiya hukumati a'zolari, Anqara muzofoti va shahri rahbariyati, boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, prezident sharafiga faxriy qorovul saf tortgan.

Tashrifning asosiy tadbirlari kunning ikkinchi yarmida boshlanadi.
Unda jumladan, davlat rahbarlari ishtirokida Mustafo Kamol Otaturk maqbarasida gulchambar qo‘yish marosimi, O‘zbekiston va Turkiya prezidentlarining rasmiy uchrashuvlari rejalashtirilgan.

Bugun shuningdek prezidentlar raisligida Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Muzokaralarda ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkiya munosabatlari, avvalo siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, ta'lim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.
Mavzuga oid
23:15 / 24.08.2025
Mirziyoyev Zelenskiyga tabrik yo‘lladi
11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi
09:04 / 30.04.2024