Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning taklifiga binoan 19 fevral kuni Anqaraga jönab ketdi.

Prezident matbuot xizmatiga köra, davlat rahbarlari ikki tomonlama Strategik hamkorlik kengaşining birinçi yiğilişi tadbirlarini ötkazadilar.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, ta'lim, madaniy-gumanitar va boşqa ustuvor yönalişlarda hamkorlikning holati va istiqbollari körib çiqiladi. Şuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar böyiça fikr almaşiladi.

Prezident Turkiya biznesining yetakçi vakillari bilan uçraşuv ötkazişi, Turkiya Respublikasi prezidenti Xalq kutubxonasining tantanali oçiliş marosimida qatnaşişi rejalaştirilgan.