Vazirlar Mahkamasining “Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-işlab çiqariş farmatsevtika klasterini rivojlantiriş Direksiyasi faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilişiça, prezidentning Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-işlab çiqariş farmatsevtika klasterini taşkil etiş töğrisidagi qarori bilan Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi huzuridagi davlat muassasasi şaklidagi Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-işlab çiqariş farmatsevtika klasterini rivojlantiriş direksiyasi taşkil etilgan.
Quyidagilar direksiyaning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari etib belgilanadi:
klaster rezidenti maqomini oliş uçun yuridik va jismoniy şaxslardan talabnomalarni qabul qilişni taşkillaştiriş;
investitsiya loyihalarini tanlab oliş mezonlarini işlab çiqiş, şuningdek işlab çiqariş maydonçalarini joylaştiriş lotlarini belgilaş;
klaster hududida innovatsion loyihalarni amalga oşiriş töğrisida investorlar bilan investitsion şartnomalarni tuziş;
boşqa yuridik şaxslarning ustav fondi (ustav kapitali)da iştirok etiş, qonunçilikda belgilangan tartibda vakolatxonalar va filiallar tuziş;
innovatsion loyihalarni amalga oşiriş çoğida rezidentlarda yuzaga keladigan taşkiliy va boşqa masalalarni hal qilişda kömaklaşiş çoralarini köriş, şuningdek klaster rezidentlari va qatnaşçilarining yozma murojaatlarini qanoatlantiriş böyiça tezkor tartibda amaliy kömaklaşiş;
«yagona darça» tamoyili böyiça investitsion loyihalarga hamrohlik qiliş, uning doirasida investorning vazirliklar va idoralar bilan özaro aloqasini muvofiqlaştiriş, loyihani amalga oşirişning barça bosqiçlarida investor uçun zarur axborotlarni taqdim etiş, zarur ruxsat beruvçi hujjatlarni olişda kömaklaşiş, loyihani amalga oşiriş uçun zarur axborot-maslahat xizmatlarini taqdim etiş va uning töliq amalga oşirilguniga qadar loyihaga hamrohlik qiliş;
klaster köçmas mulkini operativ boşqaruvga va eksperimental-işlab çiqariş maydonlari, ofis xonalari, konferens-zallari va boşqa xonalar va hududlarni ijaraga va subijaraga klaster rezidentlari, boşqa xöjalik sub'yektlariga şartnoma asosida taqdim etiş;
tender, tanlov savdolari, boşqa davlat xaridlarini ötkaziş va eng yaxşi taklif asosida xizmatlarga haq tölaş va tovarlarni xarid qilişni amalga oşiriş;
















