Moskva şahridagi Butunrossiya körgazma markazi (BKM) hududidagi 66-pavilon Özbekistonga 49 yilga ijaraga berilgan. Yil yakuniga qadar pavilonni rekonstruksiya qiliş va jihozlaş işlarini nihoyasiga yetkazişlari kerak, şundan keyin unda "Özbekiston Respublikasi körgazma-madaniy markazi" oçiladi. U yerda «Made in Uzbekistan» milliy mahsulotlar körgazmasi, noyob muzey eksponatlari va kolleksiyalari taqdimoti, zamonaviy san'at va hunarlar körgazmasi rejalaştirilmoqda.
 
Norma’ning yozişiça, ekspozitsion markazni saqlab turiş va undan foydalaniş uçun Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi huzuridagi "InterForum" DUK tarkibida maxsus direksiya taşkil etiladi. Ta'sis hujjatlarini Rossiya qonunçiligiga muvofiq tayyorlaydilar va tasdiqlaydilar, direksiya Moskva şahrida joylaşadi.
 
Direksiyaning asosiy vazifalari va faoliyati yönalişlari:

  • körgazma-yarmarka faoliyatini amalga oşiriş;
  • madaniy-ommaviy va konsert tadbirlarini taşkil etiş;
  • mamlakatning sayyohlik salohiyatini oşiriş, xalqaro körgazmalarda mahalliy turoperatorlarni keng reklama qiliş;
  • keng kölamdagi reklama işlarini amalga oşiriş, şu jumladan, xalqaro madaniy, sanoat va sayyohlik körgazmalarini ötkaziş töğrisida xorijiy foydalanuvçilar uçun oçiq bölgan axborot manbalari orqali taşkil etilayotgan tadbirlarda, avvalambor, Özbekistonning obrösini, şuningdek, mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlarni samarali tarğib qilişni ta'minlaş;
  • MDH davlatlari va boşqa mamlakatlardan potensial xorijiy xaridorlarni xalqaro madaniy, sanoat va turistik körgazmalari hamda yarmarkalariga keng jalb qilişni amalga oşiriş;
  • vazirliklar va idoralarga BKM hududidagi ekspozitsion markazda ötkazilişi rejalaştirilayotgan körgazma va yarmarkalarni ötkazişda metodik yordam körsatiş;
  • Özbekiston iqtisodiyoti va infratuzilma sohalarini modernizatsiya qiliş va rivojlantiriş uçun RFning töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarini hamda ilğor texnologiyalarini jalb qilişga kömaklaşiş;
  • mahalliy tovarlar va xizmatlar eksporti hajmini oşiriş, Rossiya bozoriga mahalliy mahsulot va xizmatlarning uzoq muddatli eksport qilinişi hisobiga özaro savdo tovarlari nomenklaturasini kengaytirişga kömaklaşiş.

Direksiya xöjalik faoliyatidan va şartnoma asosida xizmatlar körsatişdan, binolar (maydonlar) va inşootlarni ijaraga berişdan tuşadigan tuşumlar, homiylik xayriyalari, XMI, XHMTning mablağlari va RFning qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan moliyalaştiriladi. Zarur hollarda Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, TIV hamda ularning tarkibiga kiruvçi idoraviy mansub taşkilotlarning budjetdan taşqari mablağlari sarflanadi.