Prezidentning “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantiriş hamda içki va taşqi bozorlarda talab yuqori bölgan mahsulotlar işlab çiqarişni kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi huzurida “Xalqaro sanoat va kooperatsiya yarmarkasi” direksiyasi taşkil etiladi.
Quyidagilar direksiya asosiy vazifalari etib belgilanadi:
- xalqaro va mahalliy darajadagi sanoat va kooperatsiya yarmarkalari ötkazilişini taşkil etiş;
- xalqaro sanoat va kooperatsiya yarmarkasiga salohiyatli xorijiy xaridorlarni jalb etiş hamda mahalliy tadbirkorlik sub'yektlari faol qatnaşuvini ta'minlaş uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş;
- mahalliy işlab çiqaruvçi korxonalarga xorijiy hamkorlar topişda va mahsulotlarini eksportga yetkazib beriş uçun şartnomalar tuzişda kömaklaşiş;
- xalqaro sanoat va kooperatsiya yarmarkasi doirasida tuziladigan şartnomalarni tahlil qiliş hamda içki va taşqi bozorlarda talab yuqori bölgan mahsulotlar işlab çiqariş yuzasidan tegişli loyihaviy takliflar şakllantiriş;
- MDHga a'zo davlatlar örtasida elektron sanoat kooperatsiya aloqalarini taşkil etiş va kengaytiriş;
- “Elektron kooperatsiya” portali faoliyatini yuritiş, muvofiqlaştiriş hamda undagi sanoat mahsulotlari turlari va iştirokçilarini doimiy kengaytirib boriş.
Belgilanişiça:
- direksiya yilda bir marta “Xalqaro sanoat va kooperatsiya” yarmarkasini hamda uç oyda bir marta “Mahalliy sanoat va kooperatsiya” yarmarkasini sifatli va yuqori saviyada ötkazilişi uçun mas'ul hisoblanadi;
- direksiya faoliyati doirasida tuziladigan şartnomalar oçiqligi va şaffofligini ta'minlaşga hamda korrupsiyaga sabab böladigan omillarni bartaraf etişga qaratilgan çoralar körişga javobgar hisoblanadi.
- Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi huzuridagi “Elektron kooperatsiya portali markazi” davlat korxonasi örnatilgan tartibda tugatiladi.
“Elektron kooperatsiya portali markazi”ning taşkil qilingan cooperation.uz portali faoliyati bilan boğliq barça vazifalar, vakolatlar va majburiyatlar direksiyaga ötkaziladi.
















