Norma’ning yozişiça, direksiyani taşkil etişdan maqsad – Abu Muin Nasafiy ilmiy merosini örganiş va keng tarğib etiş, majmua boşqaruvini taşkillaştiriş hamda yaxşilaş.

Direksiya Madaniyat vazirligining Qaşqadaryo viloyati Madaniyat boşqarmasi tarkibida DUK şaklida taşkil etiladi.

Quyidagilar direksiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • islom ilm-fani, xususan, aqida ilmi rivojiga beqiyos hissa qöşgan Abu Muin Nasafiy ilmiy merosini örganiş va keng tarğib etiş;
  • buyuk allomalar hayoti va ilmiy merosi haqida xalqçil va ommabop risolalar naşr etiş;
  • majmuadagi maydonlar, köçalar, parklar, favvoralar hamda boşqa taşqi obodonlaştiriş obektlarini saqlaş va ulardan foydalaniş işlarini öz vaqtida va sifatli taşkil etiş;
  • kökalamzorlaştiriş obektlarini saqlaş va ulardan foydalaniş böyiça zarur taşkiliy-agrotexnik işlarni amalga oşiriş;
  • ignabargli va manzarali ösimliklar qimmatli turlarini saqlaş, ularni parvarişlaş, joylaştiriş hamda saqlab qoliş işlari öz vaqtida va sifatli bajarilişini taşkil etiş, yaşil maysalarni saqlaş, ularning zararkunandalariga va kasalliklariga qarşi kuraşişga doir kompleks agrotexnika tadbirlarini, xizmat körsatiladigan hududni yanada kökalamzorlaştiriş va obod qiliş çora-tadbirlarini amalga oşiriş;
  • zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarni joriy etgan holda, taşqi yoritiş tarmoqlari, sun'iy suğoriş va favvoralar tizimlarini saqlaş va ulardan foydalaniş.

Qaşqadaryo viloyati hokimligiga majmua hududida joylaşgan ösimliklarning qimmatli turlari, favvoralar va boşqa obektlarni xatlovdan ötkaziş va direksiya ixtiyoriga ötkaziş böyiça işçi guruhi taşkil etiş topşirildi.

Quyidagilar direksiya faoliyatini moliyalaştiriş manbalari etib belgilandi:

  • Qaşqadaryo viloyati mahalliy budjeti;
  • direksiya asosiy faoliyatidan tuşadigan mablağlar, şu jumladan tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar;
  • xayriya mablağlari;
  • qonunçilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar.