Vazirlar Mahkamasining “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-işlab çiqariş farmatsevtika klasterining ilmiy-öquv qismlarini yaratiş” (I bosqiç) loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Prezident qaroriga asosan Toşkent viloyati Zangiota tumanida “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-işlab çiqariş farmatsevtika klasteri taşkil etilgan.
Klaster öz içiga ilmiy-tadqiqot markazlari va laboratoriyalar, farmakopeya markazi va mehmonxonaga ega simpoziumlar markazidan iborat öz infratuzilmasiga ega bölgan Farmatsevtika texnik universiteti, şuningdek innovatsion dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar işlab çiqariş böyiça sanoat zonasini taşkil etişni qamrab olgan.
Loyihani ikkita bosqiçda quriliş-montaj işlarini bosqiçma-bosqiç moliyalaştiriş va amalga oşiriş bilan röyobga çiqariş nazarda tutilgan.
Birinçi bosqiçda, köp tarmoqli universitetning öquv binolari, öquv-ilmiy laboratoriyalar, klinik oldi tadqiqotlar markazi, farmakopeya markazi, kutubxona, sport-soğlomlaştiriş majmuasi, turar joy quriş amalga oşiriladi.
Koreya hukumati tomonidan Koreya Eksimbankining Iqtisodiy rivojlantiriş va hamkorlik jamğarmasi (EDCF) tomonidan Özbekistonga 10 yil imtiyozli davr bilan 40 yil muddatga 83,7 mln AQŞ dollari miqdorida qarz taqdim etildi.
Loyihaning umumiy qiymati 98,6 mln AQŞ dollariga teng TIA işlab çiqilgan. Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi loyihani amalga oşiriş uçun mas’ul ijro etuvçi organ hisoblanadi.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
“Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-işlab çiqariş farmatsevtika klasterining ilmiy-öquv qismlarini yaratiş” (I bosqiç) loyihasi texnik-iqtisodiy hisob-kitobining asosiy texnik-iqtisodiy körsatkiçlari;
EDCF böyiça asosiy qarz, unga hisoblangan foizni tölaşning prognoz jadvali.

















