Fevral oyi boşida koronavirus öçoği hisoblangan Xitoyning Uxan şahridan olib kelingan 84 kişi uçun karantin muddati tugadi va ularga javob berildi. Soğliqni saqlaş vazirligining ma'lum qilişiça, karantin yakunida ularning heç birida koronavirus alomatlari aniqlanmagan.

«Xitoydagi vatandoşlarimizni olib keliş uçun 4-6 fevral kunlari taşkil etilgan uçta charter reyslaridan bittasi bevosita koronavirus infeksiyasi öçoği bölgan Uxan şahridan taşkil etilgan edi. Boşqa reyslardagi kabi uşbu reysga ham malakali infeksionist va epidemiolog mutaxassislar jalb etilib, parvoz oldi va parvoz davomida olib kelinayotgan fuqarolarning salomatligi tibbiy kuzatuv ostiga olindi. Parvoz davomida yölovçilar orasida tana harorati kötarilgan va soğliğida özgarişlar bölgan fuqarolar aniqlanmadi.

Uxan şahridan Toşkent xalqaro aeroportiga qöngan mazkur reysda 84 nafar fuqaro, şu jumladan, 5 nafar Qozoğiston Respublikasi fuqarosi kelişdi. Şundan 61 nafari erkak, 20 nafari xotin-qizlar va 3 nafari voyaga yetmagan bolalardir. Yölovçilar maxsus avtobuslarda koronavirusning Özbekistonga kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş, xavfsiz sanitariya-epidemiologik holatni ta'minlaş hamda aholi salomatligini muhofaza qiliş maqsadida Toşkent şahridagi 6-son klinik şifoxonasiga olib borib, joylaştirildi.

Bugun uşbu davolaş muassasasida joylaştirilgan 84 nafar fuqaro karantin muddati yakuniga yetişi munosabati bilan uyiga kuzatildi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.

Foto: Soğliqni saqlaş vazirligi

Mazkur şifoxonada 110ta örin tayyorlangan bölib, tibbiy kuzatuv olib boriş uçun tegişli tibbiy jihozlar va zarur dori vositalari bilan ta'minlandi. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tavsiyasiga asosan, koronavirus inkubatsiyasi davrini hisobga olgan holda, Uxandan olib kelingan fuqarolar 14 kun davomida xalqaro sanitariya-epedimiologiya talablari asosida qat'iy karantin holatida saqlandi. Karantin davrining boşi va oxirida 84 nafar fuqaro ikki marta koronavirus infeksiyasi bor yöqligini aniqlaş böyiça virusologik laboratoriya tekşiruvlaridan ötkazildi. Tahlil natijalari biror fuqaroda ham koronavirus infeksiyasi yöqligini aniqlab berdi.