Bugun, 18 fevral kuni Xalq deputatlari Yangiyöl tumani Kengaşining navbatdan taşqari uçinçi sessiyasi bölib ötdi. Sessiya işida Özbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatçisi Şerzod Kudbiyev iştirok etdi.

Toşkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Sessiya işida taşkiliy masala körilgan. Kun tartibidagi masala böyiça viloyat hokimi Rustam Xolmatov sözga çiqib, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş yuzasidan amalga oşirilgan işlarni tanqidiy tahlil qildi, tumanda qişloq xöjaligi yerlaridan foydalanişda yöl qöyilayotgan xato-kamçiliklar, hududning ulkan salohiyatini röyobga çiqariş böyiça muammoli holatlar haqida töxtalib ötildi.

Muzokaralardan söng viloyat hokimining Yangiyöl tumani hokimi Abduqahhor Abdusattoroviç Töxtaboyevni egallab turgan vazifasidan ozod etiş töğrisidagi qarori deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

  • Asli prokuratura sohasi vakili bölgan, 2015-2017 yillarda Navoiy viloyati prokurori lavozimida işlagan Abduqahhor Töxtaboyev 2017 yilning iyulida Yangiyöl tumaniga hokim etib tayinlangandi.

Toşkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabariga köra, Uluğbek Usaroviç Yalgaşev nomzodi Yangiyöl tumani hokimi vazifasini bajaruvçi lavozimiga tavsiya etilgan va u Yangiyöl tumani hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan.

Yangiyöl tumani hokimi v.b Uluğbek Yalgaşev / Toşkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Uluğbek Yalgaşev 1973 yilda Samarqand viloyati Payariq tumanida tuğilgan. Millati özbek. 1994 yilda Samarqand davlat me'morçilik institutini, 2002 yilda Toşkent moliya institutini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Moliya vazirligining viloyatlardagi boşqarmalari hamda Özbekiston Hisob palatasida turli vazifalarda işlagan.

Uşbu lavozimga tayinlangunga qadar Özbekiston Respublikasi Hisob palatasida boş inspektor sifatida faoliyat yuritgan.