Kun.uz muxbirining Anqaradan xabar berişiça, muzokaralardan keyin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan va Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirokida brifing taşkil etildi.

«Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengaşimizning birinçi yiğilişini ötkaziş bilan biz tarixiy qadam taşladik, desak mubolağa bölmaydi», – dedi Turkiya prezidenti.

Erdöğan 20 fevral kuni oçiladigan Xalq kutubxonasining tantanali oçiliş marosimida faxriy mehmon sifatida qatnaşiş yuzasidan yöllagan taklifini qabul qilgani uçun Şavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi.

U, şuningdek, Özbekistonda ötgan parlament saylovlari mamlakat uçun muborak bölişi va yaxşilikka xizmat qilişini tiladi.

«Özbekiston bilan munosabatlarimizni muştarak tarix, til va madaniyat asosida kuçli qardoşlik riştalariga tayangan holda strategik şeriklik deb ataymiz», dedi Rajab Toyyib Erdöğan.

Turkiya yetakçisi Özbekiston xalq şoiri, marhum Abdulla Oripovning «Tilimiz bir, dinimiz bir, iymonimiz bir» sözlarini eslab, Turkiya va Özbekiston qardoşligi uzoq ötmişga borib taqalişini ta'kidladi.

«Ötgan yili Bokuda Turkiy tilli davlatlar kengaşining 7-sammitida birgalikda qatnaşdik. Özbekistonning ham bu kengaşga kirgani uning kuçiga kuç, qudratiga qudrat qöşdi», dedi u.

Erdöğan Özbekistonda Şavkat Mirziyoyev boşçiligida qilinayotgan yangilanişlarni e'tirof etdi.

«Bu keng qamrovli islohotlar jarayonida qardoşimiz Özbekistonning muvaffaqiyatga erişişi uçun qölimizdan kelgan har qanday yordamni körsatişga tayyor ekanimizni izhor etaman», deb ta'kidladi Turkiya prezidenti.

Uning sözlariga köra, 2019 yilda Özbekiston va Turkiya örtasidagi özaro savdo hajmi 2018 yilga nisbatan 27 foizga oşgan.

«Ikki davlat örtasidagi savdoda ilk marotaba ham import, ham eksport körsatkiçlarida 1 milliard dollardan ortiş bor», deb ma'lum qildi turklar yetakçisi.

«Biznes olami vakillarimizni Özbekistonga investitsiyaga kiritişga doim da'vat etib turibmiz», deya qöşimça qildi Rajab Toyyib Erdöğan.