
Yiğiliş avvalida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdoğan Özbekiston rahbarini taşrifi bilan qutlab, ikki mamlakat parlamentlari, davlat idoralari va işbilarmon doiralari örtasidagi aloqalar mustahkamlanib borayotganidan mamnunligini bildirdi.
Erdöğan, şuningdek, Özbekiston bilan qöşma loyihalarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşini ta'kidladi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev delegatsiyaga körsatilayotgan mehmondöstlik va çeksiz hurmat uçun Turkiya rahbari va xalqiga taşakkur izhor etdi.
«Bu uçraşuv – strategik şerikligimiz yuksak bosqiçga kötarilganining yaqqol ifodasidir. Mamlakatlarimiz örtasida özaro tovar ayirboşlaş hajmini yaqin yillarda beş milliard dollarga yetkazişga qaratilgan ustuvor vazifalarni bajarişda ham uşbu kengaş, albatta, muhim zamin böladi.
Biz bugungi yiğiliş natijalarini mustahkamlab, kelgusi yili bölib ötadigan uçraşuvning kun tartibi va hamkorligimizning asosiy yönalişlari haqida hozirdan öylaşimiz maqsadga muvofiqdir», dedi Şavkat Mirziyoyev.

Ikki davlat rahbarlarining qöllab-quvvatlaşi va yaratilayotgan şaroitlar natijasida hamkorlik kölamini yanada kengaytiriş mumkinligi ta'kidlandi.
Yiğilişda Özbekiston va Turkiya savdo vazirlari sözga çiqib, ikki tomonlama hamkorlik rivoji töğrisida batafsil axborot berdi.
Muzokaralarda mamlakatlarimiz hamkorligiga oid barça masalalar va ularning yeçimlari, istiqboldagi asosiy vazifalar hamda qöşma loyihalar kelişib olindi.
Şavkat Mirziyoyev Strategik hamkorlik kengaşining navbatdagi yiğilişini ötkaziş uçun Rajab Toyyib Erdöğanni Özbekistonga taklif qildi.

Kengaşning birinçi yiğilişi yakunlari böyiça qöşma bayonot va ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. Şuningdek, uçraşuvlar yakuni böyiça jurnalistlar uçun brifing ötkazildi.












