Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev boşçiligidagi oliy darajali delegatsiyaning Anqaraga taşrifi ilk kuni yakunida ikki davlat rahbarlari iştirokida brifing taşkil etildi.
Kun.uz muxbirining Anqaradan xabar berişiça, Mirziyoyev hamkasbi Rajab Toyyib Erdöğan bilan bölgan muzokaralarni «juda batafsil, oçiq va samimiy» deya ta'riflagan.
«Avvalo, Özbekiston Respublikasi delegatsiyasiga qardoş Turkiya zaminida körsatilayotgan hurmat va ehtirom, samimiy mehmondöstlik uçun Turkiya prezidenti, qadrdon döstim Rajab Toyyib Erdöğan janobi oliylariga hamda birodar turk xalqiga çin qalbimdan taşakkur izhor etaman», dedi Mirziyoyev sözi avvalida.
Davlat rahbari sönggi yillarda Özbekiston-Turkiya munosabatlarida tarixiy va ijobiy özgarişlar kuzatilayotganini ta'kidladi.
«Oliy darajadagi Özbekiston-Turkiya strategik hamkorlik kengaşining birinçi yiğilişi döstona aloqalarimiz tarixida yangi sahifa oçadi», dedi Özbekiston prezidenti.

Şavkat Mirziyoyev qardoş xalq rasmiylari bilan bölib ötgan muzokaralar «juda batafsil, oçiq, samimiy va işonç ruhida» ötganini qayd etdi.
«Örtamizda juda sermazmun suhbat böldi. Özbek-turk munosabatlarining holatiga baho berdik. Hamkorligimizning ustuvor yönalişlarini rivojlantirişga qaratilgan vazifalarni belgilab oldik», dedi prezident.
Uning sözlariga köra, muzokaralar aksariyat dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar, şuningdek BMT, IHT va Turkiy tilli davlatlar kengaşi doirasidagi yondaşuvlar ham muştarak ekanini körsatgan.

Şuningdek, muhokamalarda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni jadallaştiriş ustuvor vazifa ekani yana bir bor ta'kidlangan. Oxirgi yillarda özaro savdo hajmi 2 barobarga oşgani, mingga yaqin qöşma şirkatlar taşkil etilgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
«Tovar ayirboşlaş hajmini 5 milliard dollarga yetkaziş uçun barça imkoniyat va salohiyat mavjudligini e'tirof etdik va hamma sohalar böyiça batafsil kelişib oldik. Öylaymanki, bu beş milliard ham hali biz uçun çegara emas. Nimaga desangiz, niyatlarimiz juda katta», deya urğu berdi Özbekiston prezidenti.
Mirziyoyevning aytişiça, bugungi yiğiliş hali işga solinmagan katta rezerv imkoniyatlar borligini körsatgan.















