AQŞ naşri tuzgan röyxatga Rossiyaning 955A “Borey-A” loyihasiga kiruvçi va “ballistik raketalarga ega eng şovqinsiz suv osti kemalari” bölgan 3 ta hamda 667BDRM “Delfin” loyihasi va 885M “Yasen” loyihasiga kiruvçi suv osti kemalari kiritilgan. Bu kemalar mos ravişda R-30 “Bulava”, R-29RMU2 “Sineva” ballistik raketalari va “Kalibr” majmuasining ZM-14 qanotli raketalari bilan qurollangan.
 
Mutaxassislarning fikriça, Rossiyaning K-560 “Severodvinsk” yoki K-561 “Kazan” suv osti kemalari öz jangovar qudrati evaziga AQŞning şarqiy sohilidan 2 ming km uzoqlikdan turib AQŞdagi Buyuk köllarga zarba bera oladi.

Şuningdek, röyxatga AQŞning “Ogayo” (Ohio) suv osti kemasi kiritilgan. Ta'kidlanişiça, bu kema “Traydent” tizimi ballistik raketalari yordamida “şahar ölçamidek keladigan 288 ta nişonni yarim soat içida kulga aylantirişi mumkin”. Bunday kemadan 9 tasi Tinç okeanida, yana 5 tasi Atlantika okeanida joylaştirilgan.    

Röyxatga kiritilgan yana bir suv osti kemasi “Kolambiya” (Columbia) esa joriy yildagina taqdim qilinişi rejalaştirilgan.