«Gaz yo‘qligi sababli». Tumanlar va qishloqlarda elektr energiyasi tarifini kamaytirish taklif qilindi
Tumanlarda gaz yo‘qligi sababli elektr energiya tarifini 30-40 foizga kamaytirish taklif etilmoqda
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida navbatdagi petitsiya e'lon qilindi. Unda tumanlarda gaz yo‘qligi sababli elektr energiya tarifini 30-40 foizga kamaytirish taklif etilgan.
Qayd etilishicha, tumanlarda yoki qishloqlarda aholi xonadonlarida tabiiy gaz yo‘qligi sababli elektr energiya tarifini qish mavsumida 30-40 foizga qisqartirish lozim.
“Sababi, bir xonadonda kamida 2ta oila yashaydi, bu degani 2 uyni qishda isitishni anglatadi. Agarda bitta xonadonga bitta elektr isitgich bo‘lsa, u oyida kamida 1400 kv ishlaydi. Masalan, bu degani bitta elektr pechka uchun 400 ming so‘mdan ziyod to‘lov to‘lashni talab etadi, bunday holat juda ham ko‘p uchraydi. Tumandagi oilalar daromadiga olib qaraganda bu juda qimmatga tushmoqda”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Taklif shundan iboratki, qish mavsumida tumanlar va qishloqlarda elektr energiyasi tarifi 30-40 foizga kamaytirilsa, aholi uylarini isitish bilan bog‘liq muammolarga kamroq duch keladi.
Bildirilishicha, boshqa davlatlarda kunduzgi va kechki tariflar mavjud. Ayrim davlatlarda tuman va qishloqlarda shahar markazidan arzonroq tariflar ham bor.
Bundan oldin, ayrim iste'molchilar uchun elektr energiyasi qimmatlashishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:03 / 02.09.2024
“Xalq nazorati” portali orqali qilingan murojaatlar soni 45 mingdan oshdi
01:06 / 29.08.2024
Shveytsariya yangi AESlar qurilishiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishi mumkin
17:55 / 28.08.2024
Ko‘p kvartirali uylarning boshqaruvchilari sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi
10:40 / 22.08.2024