Iroq hukumati Covid-2019 koronavirusi tarqalişi xavotiri ostida Eron bilan çegarasini yopdi. Uşbu qaror Eronda ikki kişi koronavirusdan vafot etgani e'lon qilingandan keyin qabul qilingan.  

Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

Eronda 19 fevralda ikki kişi koronavirusdan vafot etgani ma'lum qilingandi.

Iroq soğliqni saqlaş vazirligi bunday çoraning kiritilişini “ikki davlat örtasida odamlar oqimi yuqoriligi va ularni tekşiruvdan ötkaziş hamda karantinda saqlaşni közda tutuvçi profilaktik çoralarni ta'minlaşdagi murakkabliklar” bilan tuşuntirgan. Uşbu oqim diniy ziyorat mavsumida bir neça million kişiga yetişi mumkin.   

Şu bilan birga, Iroq hukumati Erondan qaytuvçi iroqliklarga çegaralarni yopmaydi. Ular qaytganlaridan keyin ikki hafta karantinda qolişlari kerak böladi.

Iroq aviakompaniyalari ham Eronga reyslarni töxtatdi. Bundan taşqari, Armaniston ham Eron bilan çegarada nazorat kuçaytirilişini e'lon qilgan.