Senatning Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi a'zolari bir guruh nogironligi bölgan şaxslar, nogironlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvçi nodavlat notijorat taşkilotlari vakillari, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi mutaxassislari bilan uçraşdilar.
Senat axborot xizmatiga köra, uçraşuvda bugungi kunda nogironlarni qiynab kelayotgan, ularning ortiqça sarson-sargardonçiligiga sabab bölayotgan muammolardan biri tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan fuqarolarni tibbiy körikdan ötkaziş va nogironlikni aniqlaş masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuvda fuqarolarning TMEKlarda tibbiy körikdan ötiş tartibotlari juda murakkabligi va şaffof emasligi, tibbiy körikdan ötkaziş jarayonlarida inson omili yuqoriligiça qolayotganligi, davolaş profilaktika muassasalarida mutaxassislar va tibbiy uskunalar yetişmasligi qayd etildi.
Şuningdek, iştirokçilar tomonidan TMEKlarning moddiy-texnik bazasi ma'naviy eskirganligi, ular faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy qilinmaganligi, TMEK mutaxassislari tomonidan tibbiy körik hujjatlari ortiqça vaqt sarflangan holda qölda töldirilayotganligi tanqid qilindi.
Uçraşuv yakunida Qömita a'zolari tomonidan mazkur masala yuzasidan parlament sörovi tayyorlanayotganligi va kötarilgan barça muammolar sörovda öz aksini topişi ta'kidlab ötildi.












