Davlat rahbarlari dastlab tor doirada muzokara ötkazdi. Prezidentlar raisligida Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengaşining birinçi yiğilişi bölib ötdi.

Strategik hamkorlik kengaşining birinçi yiğilişi natijalari töğrisida qöşma bayonot, şuningdek, iqtisodiyot, savdo, texnologiyalar sohasiga oid hujjatlar imzolandi.

Taşrifning ikkinçi kunida Şavkat Mirziyoyev Turkiyaning yetakçi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uçraşuv ötkazdi. Turkiya Prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasining oçiliş marosimida iştirok etib, rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva bilan yangi kutubxonaning birinçi faxriy mehmonlari böldi.

Şu tariqa davlat rahbarining Turkiyaga taşrifi yakunlandi. Prezidentni «Esonbuğa» aeroportida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan kuzatib qöydi.

UPD. Prezident matbuot xizmati xabariga köra, Özbekiston rahbari 20 fevral keçasi Toşkentga yetib keldi.