“Joriy yilda kinoakademiya rasvo mukofot topşirdi. Ğolib Janubiy Koreyadan. Jin ursin, u yerda nimalar yuz beryapti? Bizda Janubiy Koreya bilan savdoda muammolar talaygina bölgan bir vaqtda ular yilning eng yaxşi fimi uçun mukofotni ularga bermoqdalar. Bu töğrimi? Bilmadim. Keling, “Şamollarda qolgan hislarim”ni qaytaraylik, iltimos. Ğolib esa Janubiy Koreyadan. Men bu filmni eng yaxşi xorijiy film deb topildi, deb öylagandim. Yöq, bunday emas ekan. Umuman avval bunday holat bölganmi?”, deb aytgan Tramp Kolorado ştatidagi mitingda.
“Parazitlar” filmi joriy yilda “Eng yaxşi film” yönalişida “Oskar”ga loyiq topildi. “Oskar” tarixida birinçi marta boş mukofot ingliz tilida suratga olinmagan filmga topşirildi. Film, şuningdek, eng yaxşi rejissyor, eng yaxşi ssenariy va eng yaxşi xorijiy film yönalişlarida ham ğoliblikni qölga kiritdi. Film rejissyori, aktyorlari va suratga oliş jamoasini şaxsan Janubiy Koreya prezidenti Mun Çje In muborakbod etgandi.












