Toşkent şahrida faoliyat yuritgan ayrim xususiy bandlik agentliklariga nisbatan qözğatilgan jinoyat işlari yuzasidan 20 fevral kuni Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasida matbuot anjumani bölib ötdi.
Tadbirda uçta MÇJga nisbatan tergov harakatlari ketayotgani ma'lum qilindi.
«INTERNATIONAL EXPERIENCE» – jabrlanuvçilar hozirça 21 nafar
Toşkent şahar IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan tergov qilinayotgan «INTERNATIONAL EXPERIENCE» MÇJ xususiy bandlik agentligi mansabdor şaxslariga nisbatan yana bir jinoyat işi qözğatilgan.
Aniqlanişiça, mazkur MÇJ rahbari Kimsanova Oybarçin Nuriddin qizi 2019 yil 4 yanvar kuni öz faoliyatini boşlagan. 2018 yil dekabr oyidan 2020 yil yanvar oyigaça fuqarolar bilan Germaniya, Çexiya, Litva va boşqa davlatlarda işga joylaştiriş haqida şartnomalar tuzib, har bir fuqarodan 500 dollardan 4 500 dollargaça yoki 4,5 mln sömdan 37 mln sömgaça bölgan pullarni firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan.
Hozirgi kunda mazkur jinoyat işi böyiça 21 nafar fuqaro söroq qilinib, jabrlanuvçi va fuqaroviy da'vogar deb topildi.
«RECRUIT CONSULTING WORK» – jabrlanuvçilar hozirça 210 nafar

«RECRUIT CONSULTING WORK» MÇJ bandlik agentligiga nisbatan 2019 yil 23 noyabr kuni jinoyat işi qözğatilgan edi.
20 fevraldagi matbuot anjumanida ma'lum qilinişiça, agentlik rahbari Allaberdiyev Jahongir Abduşukuroviç 2019 yil 4 yanvar kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan berilgan 0015-raqamli litsenziya asosida «RECRUIT CONSULTING WORK» MÇJ tuzib, öz faoliyatini boşlagan.
Şu davrdan, ya'ni 2019 yilning yanvar oyidan noyabr oyigaça bölgan davrda fuqarolarga Koreya, Yaponiya, Latviya, Litva, Çexiya kabi davlatlarda iş topib beriş va işga joylaştirişni va'da qilgan holda ularni aldab, köp miqdordagi pullarni firibgarlik yöli bilan özlaştirilgan.










