«YuKOS», Putin, Haaga: Iş tarixi va Rossiya böynidagi ulkan qarz
|02:37 / 21.02.202046 41013 min
18 fevral kuni xalqaro Haaga apellyatsion sudi Rossiya tomoni hozirda tugatilgan YuKOS kompaniyasining sobiq hissadorlariga 50 milliard AQŞ dollari miqdorida tovon puli tölab berişi haqidagi 2014 yildagi sud qarorini öz kuçida qoldirdi. Bu xalqaro arbitraj tarixidagi eng yirik kompensatsiyadir.
Quyida uşbu sud işi bilan boğliq tafsilotlar, «YuKOS» neft kompaniyasi va uning xöjayini Mixail Xodorkovskiy atrofidagi voqealarga töxtalamiz.
«YuKOS» va uning egasi Xodorkovskiy
1992 yil Rossiyada mamlakatning birinçi prezidenti Boris Yelsin tomonidan imzolangan «Rossiya Federatsiyasida neft sohasida samarali iş olib boriş va iste’molçilarga neft mahsulotlarini yetkazib beriş samaradorligini oşiriş haqida»gi 1403-sonli farmoni e’lon qilinadi.
Bu farmon asos qilinib bir neçta neft kompaniyalari taşkil etiladi. Jumladan, Rossiya hukumati raisi Viktor Çernomirdinning 354-sonli qarori bilan 1993 yil «YuKOS» neft kompaniyasiga asos solinadi. Uning tarkibiga Rossiyadagi önlab neftni qayta işlaş zavodlari kiritiladi.
1995 yil Rossiya davlat mulklarini nazorat qiliş qömitasi tomonidan «YuKOS»ni xususiylaştiriş harakatlari boşlanadi. 1996 yil dekabrda uning nazorat aksiya paketini Mixail Xodorkovskiy boşçilik qiladigan Group Menatep Limited (GML) sotib oladi. Uşbu kompaniya tarkibida Rossiyadagi bir neçta taniqli tadbirkorlar bor edi.
Kompaniyada aksiyadorlarning uluşlaridagi farqlar katta bölmasa-da, «YuKOS»ning amaldagi egasi Xodorkovskiy edi. Xodorkovskiy 1990-yillar boşida Boris Berezovskiy, Vladimir Gusinskiy va Roman Abramoviç qatorida Rossiyadagi norasmiy «işbilarmon törtlik» a’zosi edi. Bu törtlik ba’zida ayovsiz raqobatda kirişsa, ba’zan bir-biriga yordam berardi.
Xodorkovskiy «YuKOS»ning egasi bölganidan söng boşqa kompaniyalar singari u ham birin-ketin boşqa kiçikroq korxonalarni öz tarkibiga qöşib boraveradi.
1997 yil «YuKOS» aksiyadorlari «Rosprom» guruhiga qöşiliş haqida qaror qabul qiladi.
YuKOS va Xodorkovskiy boşida qora bulutlar
1998 yil may oyida «YuKOS»ning asosiy neftni qayta işlaş korxonalari joylaşgan Neftyugansk şahri meri Vladimir Petuxov «YuKOS» kompaniyasi mahalliy budjetga soliq tölamayotgani haqida ayblov bilan çiqadi.
Bunga javoban «YuKOS» mahalliy budjetga jami 120 million rubl soliq tölagani, mer esa budjet mablağlarini özlaştirib yuborib, endi kompaniyaga tuhmat qilayotganini bildiradi.
Şundan söng Petuxov oçlik e’lon qiladi va Moskvadan «YuKOS»ning soliq tölamagani böyiça suriştiruv ötkazişni, kompaniyani davlat hisobiga qaytarib olişni söraydi. Bu voqealardan ikki oy ötib Petuxovni işga ketayotganda pulemyot-töpponçadan otib öldirişadi. Qotillikni «YuKOS»ning xavfsizlik bölimi xodimi amalga oşirgani aniqlanib, qotil qamaladi.
Mavzuga oid
1999 yil «Novaya gazeta» naşrida «Rosprom»-«YuKOS» alyansi budjetga mutlaqo soliq tölamayotgani haqida batafsil maqola e’lon qilinadi. Şundan söng bu iş böyiça suriştiruvlar boşlanadi. Şuningdek, matbuot orqali «YuKOS» soliqni boşqa kompaniyalarga qaraganda kamroq tölayotgani haqida ma’lumotlar tarqala boşlaydi.
Putin bilan kelişmovçilik va Xodorkovskiyning qamoqqa olinişi
Vladimir Putin va Mixail Xodorkovskiy (Foto: Vladimir Rodionov / RIA Novosti)
2003 yil boşida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir guruh tadbirkorlar bilan uçraşuv ötkazganida Xodorkovskiy «Rosneft» davlat kompaniyasini korrupsiyada ayblaydi. Öşanda Putin Xodorkovskiyga «YuKOS»da ham soliqlardan qoçiş hollari bölganini eslatadi.
Öşa yili «YuKOS» rossiyalik yana bir taniqli tadbirkor Roman Abramoviç egalik qilayotgan «Sibneft» kompaniyasi bilan birlaşişini e’lon qiladi. Öşa kunlarda Rossiya federal soliq xizmati «YuKOS»ning 2000-2003 yillarda soliqdan qoçiş holati böyiça tekşiruv boşlaydi. Xodorkovskiy qamoqqa olinadi va «Sibneft» bilan qöşiliş rejasi amalga oşmay qoladi.
Roman Abramoviç tavakkalçilikka qöl urmaydi, u hukumatga «yoqmay qolgan» hamda işi suriştiruvda bölgan kompaniya bilan birlaşib, öz kompaniyasi kelajagini xavf ostida qoldirişni xohlamaydi.
Mixail Xodorkovskiyni qölga oliş jarayoni xuddi filmlardagidek keçgandi. U 2003 yil 25 oktabr kuni şaxsiy samolyotida Irkutskka uçayotib, Novosibirsk aeroportiga yoqilği quyiş uçun töxtagan vaqtida Rossiya federal xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qölga olinadi. Undan avvalroq, 2003 yil yozida Xodorkovskiyning hamkorlaridan biri, Group Menatep Limited (GML) direktorlar kengaşi raisi Platon Lebedev ham qölga olingandi.
Xodorkovskiy salkam ikki yil davomida tergov qilinadi. Uni firibgarlik va davlatga katta miqdorda zarar yetkazişda ayblaşadi. 2005 yil may oyida Moskva şahar Meşanskiy tuman sudi Xodorkovskiyga 9 yil qamoq jazosi belgilaydi. Hukmdan norozi bölgan Xodorkovskiy apellyatsiya beradi.
2005 yil 22 sentabrda Moskva şahar sudi Xodorkovskiyga berilgan muddatni bir yilga qisqartiradi, şu bilan birgalikda, «YuKOS»ga tegişli barça mulk va pullar «Rosneft» tarkibidagi «Baykalfinansgrupp» korxonasi nomiga ötkazilib, «YuKOS» bankrot deb e’lon qilinadi.
Xodorkovskiyga öqilgan hukm dunyoning köplab davlatlarida, Ğarb naşrlarida katta şov-şuvlarga sabab böladi. OAVdagi aksariyat çiqişlarda «YuKOS»ga tegişli mulk musodara qilinib, Xodorkovskiyning qamalişi siyosiy sabablarga boğlanadi. Şuningdek, milliarderning Putin bilan aloqalari yaxşi bölmagani bot-bot eslanadi. Qamoqxonada Xodorkovskiyga bir neça marta qurolli hujum uyuştirişadi va bir safar u yengil jarohat ham oladi.
Xodorkovskiyga qarşi ikkinçi iş
Foto: Viktor Chernov/Russian Look/Globallookpress
2006 yil dekabrda Xodorkovskiyga qarşi yangi iş oçiladi. 2010 yil 30 dekabrda sud Xodorkovskiy va Lebedevni yangi ayblovlar bilan aybdor deb topadi va ularning har ikkisiga 14 yil qamoq jazosi belgilanadi. 2011 yilda Xodorkovskiy va Lebedevga berilgan hukm kassatsion tarzda özgarişlarsiz qoldiriladi.
2012 yilda Xodorkovskiy Rossiya biznes-ombudsmani Boris Titovga ikkinçi sud işidagi ayblovlar böyiça suriştiruv ötkaziş uçun murojaat qiladi. Öşa yili Moskva şahar sudi Xodorkovskiy va Lebedevning qamoq muddatini 13 yildan 11 yilga kamaytiradi.
Xodorkovskiy va «YuKOS» işiga xalqaro e’tibor
Xodorkovskiy va «YuKOS»ning boşqa hissadorlari «YuKOS»ning mulki tortib olingan va Xodorkovskiy qamalgan paytlardayoq yordam sörab Inson huquqlari böyiça Yevropa sudiga murojat qilgan edi. Öşanda Group MENATEP Ltd (GML) va uning tarkibidagi Yukos Universal Ltd (YUL) Rossiya hukumatidan öz foydasiga 100 milliard dollar undiriş haqida da’vo kiritadi. Bunday murojaatlar birinçi va ikkinçi sud işidan keyin ham bir neça marta davom etdi.
Avvaliga Yevropa sudi taqdim etilgan dalillar yetarli bölmagani uçun işni e’tiborsiz qoldiradi. 2009 yilda esa yetarli dalillar taqdim etilgaç iş böyiça suriştiruv boşlanadi.
2011 yil Yevropa sudi Xodorkovskiy va «YuKOS»ga tegişli işni körib çiqar ekan, «YuKOS» va Xodorkovsiy işida olib borilgan suriştiruvlarda kamçiliklar bölgani, dalillar yetarli darajada örganilmaganini qayd etadi. Avvaliga sud Xodorkovskiyning siyosiy motivlar bilan qamalganiga dalillar yöq deb hisoblaydi. Keyinçalik esa «YuKOS» va Xodorkovskiy faoliyati davomida tadbirkorlikni nazorat qiladigan qoidalarni buzganini, ammo Xodorkovskiy hamda uning hamkorining qamalişi, «YuKOS»ga tegişli mulklarning tortib olinişi aynan siyosiy motivlar ostida bölib ötgani haqida qaror çiqaradi.
Şuningdek, köplab xalqaro taşkilotlar va siyosatçilar Xodorkovskiyning qamalişi Putin bilan kelişmovçilik ortidan sodir bölgani haqida bayonot beradi. Masalan, 2005 yil AQŞ Senati Xodorkovskiy işi böyiça 232-sonli rezolyutsiya qabul qiladi. Senatorlar Barak Obama, Jo Bayden va Jon Makkeyn tomonidan tayyorlangan uşbu rezolyutsiyada «Xodorkovskiy işi Rossiyada sudlarning mustaqil emasligi hamda asosan Kreml manfaatlari uçun xizmat qilişini anglatişi va bu demokratik jamiyat qurişga urinayotgan Rossiya uçun xavfli holat ekanligi» ta’kidlangan edi.
Xodorkovskiyning afv etilişi
Mixail Xodorkovskiy onasi bilan. Foto: prokazan.ru
2013 yil 19 dekabrda Vladimir Putin yil yakunlariga bağişlab ötkazgan matbuot anjumanida Xodorkovskiy özini avf etiş haqida murojat qilgani va yaqin kunlarda u afv etilişi haqida gapiradi. Öşanda Putin Xodorkovskiyning afv etilişini uning onasi bemorligi uçun deb izoh beradi. Oradan bir kun ötib, 20 dekabrda Xodorkovskiyni afv etiş haqidagi farmon e’lon qilinadi.
Öşa kuni tundayoq Xodorkovskiyni Kareliyadagi qamoqxonadan Sankt-Peterburgdagi Pulkovo aeroportiga olib kelişadi. U Germaniya sobiq taşqi işlar vaziri Xans-Ditrix Genşer bilan birgalikda Berlinga uçib ketadi. Genşer aeroportga adaşib kelib qolmagan va aynan Xodorkovskiy uçun samolyot tayyorlab turgandi.
Oradan bir neça kun ötib rossiyalik jurnalistlar Kseniya Sobçak va Mixail Zigar Berlinda Xodorkovskiydan videointervyu olişadi. Öşa kuni ötkazilgan matbuot anjumanida Xodorkovskiy tadbirkorlik hamda siyosat bilan şuğullanmasligi, rejasida Rossiya muxolifatiga moddiy yordam beriş yöqligi, asosiy e’tiborini jamoatçilik işlariga va Rossiyadagi siyosiy mahbuslarni ozod qilişga qaratişini ma’lum qiladi.
Rossiyaga qarşi da’volarda yutib çiqiş
Foto: RusBase
2014 yil 28 iyulda Haagadagi Xalqaro arbitraj sudi Rossiya tomoniga yetkazilgan moddiy zarar uçun «YuKOS» işi» böyiça Group Menatep Limited (GML) foydasiga 2015 yil 15 yanvargaça 50 milliard AQŞ dollari, boşqa turli xarajatlar uçun esa 65 million AQŞ dollari tölab beriş majburiyatini qöyadi.
Sud öz qarorida Rossiya «YuKOS» kompaniyasini yöq qilib uning aktivlarini özlaştirgani, suddan söng «YuKOS» aktivlari ötkazib berilgan «Baykalfinansgrupp» aslida soxta kompaniya ekani, Rossiya tomoni Xodorkovskiy va «YuKOS»ga nisbatan nohaqlik qilganini vaj qilib keltiradi. 2014 yilning özida Rossiya tomoni bu iş yuzasidan Niderlandiyadagi Haaga okrug sudiga şikoyat kiritadi. Uşbu sud 2016 yil Rossiyaning şikoyatini körib çiqib, xalqaro arbitraj sudining 2014 yilda «YuKOS» aksionerlari foydasiga çiqargan qarorini bekor qiladi.
Şundan söng «YuKOS» aksiyadorlari apellyatsiya beradi va Haaga apellyatsion sudi işni qayta köra boşlaydi. 2020 yil 18 fevral kuni Haaga apellyatsion sudi Haaga okrug sudi tomonidan 2016 yilda Rossiya foydasiga çiqarilgan qarorni bekor qilib, 2014 yilda Xalqaro arbitraj sudi çiqargan qarorni öz kuçida qoldirdi.
Oradan biroz ötib, Yevropadagi yana bir sud – Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi yetkazilgan ma’naviy zarar tufayli Rossiyadan «YuKOS» aksionerlari foydasiga 1,8 milliard dollar undiriş haqida qaror qabul qiladi.
Haaga xalqaro sudining ijrosi va unga rossiyaliklarning munosabati
Foto: Getty Images
Bugun rossiyalik siyosatçilarning aksariyati Rossiya Haaga apellyatsion sudining qarorini bajarmasligi kerak deb hodisaga öz fikrini bildirmoqda, ammo bu iş oson bölmaydi. 2014 yilda Rossiya «YuKOS» aksionerlariga 50 milliard dollar tölaşi haqida ilk qaror çiqqanida, oradan biroz ötib 2015 yilda Rossiyaning Belgiya, Fransiya va Avstriyadagi aktivlari muzlatilgan edi.
Hozir Rossiyada bu iş yuzasidan yana apellyatsiya beriş huquqi bor, ammo unda yutib çiqişga rossiyalik huquqşunoslarning özi ham işonmayapti. Haaga apellyatsion sudining 18 fevraldagi qaroridan keyin Yevropa davlatlarida Rossiya aktivlari yana muzlatilişi va ularni «YuKOS» aksionerlari foydasiga musodara qilişi mumkin.
Rossiya tomoni Haaga xalqaro arbitraj sudining qaroriga hozirça jiddiy javob bermadi. Faqat Rossiya Adliya vazirligi «Haaga xalqaro apellyatsiya sudi 2014 yildagi sudning qarorini öz kuçida qoldirib xato qilgani va işni körib çiqişda Rossiya foydasiga işlaşi mumkin bölgan dalillarga yetarli darajada e’tibor bermagani, şu tufayli Rossiya tomoni Niderlandiya Oliy sud instansiyasiga şikoyat bilan murojat qilişi» haqida öz saytida munosabat bildirdi.