Amerika Qöşma Ştatlarida davlat rahbari prezident hisoblanadi. Uning asosiy vazifalari içki va taşqi siyosatni yuritiş, budjet taqsimotini şakllantiriş, mamlakat Konstitutsiyasi va amaldagi qonunçilikning işlaşini nazorat qilişdan iborat.

AQŞda prezidentlik lavozimi 1787 yilda Konstitutsiyaga binoan joriy qilingan. Ilk prezident Jorj Vaşington 1789 yil saylangan va 1790 yil aprelda qasamyod qabul qilib mamlakatni boşqarişga kirişgan.

FOTO STATE-USA.RU

Öşandan buyon AQŞga 44 nafar prezident rahbarlik qildi. 2017 yildan bu vazifada AQŞning 45-prezidenti Donald Tramp işlab kelmoqda. Joriy yil noyabr oyida AQŞda navbatdagi prezidentlik saylovlari bölib ötadi.

AQŞ qonunlariga köra bu mamlakat prezidentligiga nomzodini qöyadigan şaxslar:

  • 35 yoşdan katta;
  • AQŞda tuğilgan;
  • prezidentlikka nomzodini qöygunça 14 yil AQŞda doimiy yaşagan bölişi lozim;
  • bir fuqaro faqat ikki marta prezident bölişi mumkin (ketma-ket yoki tanaffus bilan, farqi yöq).

AQŞ tarixida faqat bitta prezident Franklin Ruzvelt (32-prezident) ketma-ket törtta saylovda iştirok etib ğalaba qozongan.

Şundan söng bir kişi faqat ikki muddatga saylanişi mumkinligi 1951 yilda (prezident Harri Trumen vaqtida) AQŞ konstitutsiyasida ham belgilab qöyildi.

AQŞda prezidentlik saylovlari ikki bosqiçda ötkaziladi. Birinçi bosqiçda umumiy saylov ötkazilib, har bir ştatda vakillar aniqlanadi. Ikkinçi bosqiçda birinçi bosqiçda aniqlab olingan vakillar prezidentni saylaşadi.

AQŞ tarixida eng qisqa prezidentlik qilgan şaxs Uilyam Harrison (9-prezident) hisoblanadi. U bor-yöği bir oy, 1841 yil 4 martdan 4 aprelgaça prezidentlik qilgan. Harrisonning inauguratsiya kuni havo juda sovuq böladi. Marosimdan söng prezident şamollab yotib qoladi va bir oydan söng 1841 yil 4 aprelda pnevmoniyadan vafot etadi.