Vazirlar Mahkamasining Taşqi reklama bozorini tartibga soliş töğrisidagi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Taşqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) quriş tartibi töğrisidagi nizom;
Taşqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) quriş uçun beriladigan yer uçastkalari, davlat mulki bölgan bino va inşootlar röyxatini şakllantiriş tartibi töğrisidagi nizom;
Taşqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) yer uçastkalari, davlat mulki bölgan bino va inşootlarda quriş huquqini elektron auksion orqali beriş tartibi töğrisidagi nizom;
Örnatilgan taşqi reklama obektlari (konstruksiyalari) uçun tölovlar miqdorini aniqlaş tartibi töğrisidagi nizom;
Taşqi reklama obektlari (konstruksiyalari) xavfsizligining umumiy texnik reglamenti tasdiqlandi.
Hujjatda belgilanişiça,
a) mazkur qaror qabul qilingunga qadar qonun hujjatlariga muvofiq taşqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) örnatiş uçun tuzilgan şartnomalar, berilgan pasportlar, guvohnomalar, sertifikatlar, ruxsatnomalar va huquqni belgilovçi boşqa hujjatlarning amal qilişini uzaytiriş:
yer uçastkalaridagi taşqi reklama obektlari (konstruksiyalari) uçun 10 yil muddatga, davlat mulki bölgan bino va inşootlardagi taşqi reklama obektlari (konstruksiyalari) uçun 5 yil muddatga Davlat xizmatlari markazlari orqali reklama joylari pasportlarini beriş;
örnatilgan taşqi reklama obektlari (konstruksiyalari) uçun tölovlar miqdorini aniqlaş tartibi töğrisidagi nizomga ilovada körsatib ötilgan bir martalik yiğim summasini tölaş orqali amalga oşiriladi hamda uşbu mablağlar bir yil davomida har oy teng taqsimlangan holda tumanlar (şaharlar) mahalliy budjetiga ötkaziladi;
b) qalbakilaştirilgan hujjatlardan foydalanilgan holda taşqi reklama obektlariga (konstruksiyalariga) olingan pasportlar, guvohnomalar, ruxsatnomalar va huquqni belgilovçi boşqa hujjatlar, şuningdek, tegişli vakolatli organning qarorisiz örnatilgan taşqi reklama obektlari (konstruksiyalari) böyiça hujjatlarning muddatini uzaytirişga ruxsat berilmaydi va ular haqiqiy emas deb hisoblanadi:
v) yer uçastkalariga örnatilgan video ekranli taşqi reklama obektlari (konstruksiyalari) uçun uşbu bandning “a” kiçik bandida körsatilgan muddat qöşimça ravişda 10 yilga uzaytiriladi;
g) yer uçastkalariga örnatilgan video ekranli taşqi reklama obektiga (konstruksiyasiga) taşqi reklamani joylaştiriş huquqi uçun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadigan yiğim miqdoriga 0,5 koeffitsiyent qöllaniladi;


















