Toşkent şahrida reklama konstruksiyalari amaldagi tartibga zid ravişda, sud qarorisiz buzib taşlanişi davom etmoqda. Şunday holatlardan biri baxsiz hodisaga olib keldi.

8 iyun kuni tuşga yaqin Çilonzor tumani Bunyodkor şohköçasida, «Ğafur Ğulom» boği qarşisida demontaj qilinayotgan reklama bilbordi köçada harakatlanib ketayotgan Spark avtomobili ustiga quladi.

Avtomobil haydovçisi Kun.uz bilan suhbatda ma'lum qilişiça, hodisa oqibatida heç kim jabrlanmagan, ammo maşinaga ziyon yetgan.

Haydovçining sözlariga köra, reklama konstruksiyalarini buzayotgan kişilar Toşkent şahar hokimligidan ekanligini, konstruksiyalar şahar hokimi örinbosarining buyruği asosida buzilayotganini bildirgan.

Şundan söng hokimlik vakillari yiqitilgan konstruksiya tufayli avtomobilga yetkazilgan zarar ikki örtada, 50/50 tarzida qoplanişini aytgan. «Biz ham buyruqni bajaryapmiz, pulini tölab berolmaymiz», deyişgan mas'ullar.

Haydovçi bunga rozi emasligini aytib, yöl harakati xavfsizligi xodimini çaqirgan. Uning aytişiça, YHX xodimi ham hokimlik vakilining gaplarini quvvatlab, bu «bahsli vaziyat» ekanini bildirgan va avtomobilni jarima maydoniga olib borib qöygan.

Kun.uz holat yuzasidan qöşimça ma'lumotlar töplamoqda.

Eslatib ötamiz, bir neça oydan buyon Toşkent şahrida tadbirkorlarning reklama konstruksiyalari sud qarorisiz, oğzaki buyruq asosida Toşkent şahar hokimligi mas'ullari tomonidan buzib taşlanyapti.

Tadbirkorlarning bu borada bir neça marta davlat taşkilotlariga yozgan şikoyatlari e'tiborsiz qolyapti.

May oyi oxirida Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev yoşlar bilan uçraşuvdan keyin jurnalistning şu mavzudagi savoliga javob bermay ketib qolgandi.