Qonunçilik palatasi Fuqarolarning soğliğini saqlaş masalalari qömitasi tomonidan “Aholiga ixtisoslaştirilgan tibbiy xizmat körsatiş: mavjud muammolar va ularning huquqiy yeçimlari” mavzusida yiğiliş ötkazildi.
Parlament saytida xabar qilinişiça, tadbirdan közlangan asosiy maqsad bugungi kunda aholiga ixtisoslaştirilgan tibbiy xizmat körsatiş sifatini yaxşilaş borasida uçrayotgan muammolarni bartaraf qilişdan iboratdir.
Qayd etilişiça, tibbiyot muassasalari, xususan, 16 ta respublika ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga yönaltirilayotgan imtiyozli toifadagi bemorlarga beriladigan bepul yöllanma (order)lar ajratilişida şaffoflikni ta'minlaş, uzoq muddatli navbat kutişlarga barham beriş, odamlarning ovoragarçiliklariga çek qöyiş va bu borada kuçli jamoatçilik nazoratini örnatiş masalalari deputatlar diqqat markazida böldi.
Yiğilişda qayd etilganidek, bundan buyon tibbiy-tanlov komissiyasi tarkibiga parlament quyi palatasi yoki mahalliy kengaşlar deputatlari va jamoatçilik vakillari ham kiritiladi.
Davlat budjeti mablağlari hisobiga tibbiy yordam körsatiş töğrisidagi nizomga köra, yöllanma (order) oliş uçun bemor yaşaş joyi böyiça qişloq vraçlik punktlariga, qişloq va şahar oilaviy poliklinikalariga murojaat qiladi. Ular tomonidan tibbiy yordam olişning darajasiga muvofiq tibbiyot birlaşmalarining tegişli markaziy köp tarmoqli poliklinikalariga yöllanma beriladi.
Imtiyozli toifaga kiradigan bemorlarga bepul tibbiy yordam körsatiş uçun tibbiy-tanlov komissiyasining xulosasi asosida beriladigan order rasmiylaştiriladi.
Ta'kidlanganidek, öz soğliğiga beparvo bölmagan fuqarolar quyi bosqiçlarda tibbiy köriklardan ötib, töğridan-töğri (ordersiz) ixtisoslaştirilgan muassasalarga murojaat qilgan taqdirda, markaz tartibli mijozlarni rağbatlantiriş çorlarini körişi maqsadga muvofiq. Ya'ni, bemorning ahvoliga qarab, uning navbatini tezlaştirilişi yoki tölovni amalga oşirişida imtiyozlar joriy etiş tartibini öylab körişning vaqti ham keldi.
Yiğilişda Soğliqni saqlaş vazirligining mazkur masalalar böyiça mutaxassislari bugungi holat va oldinda turgan vazifalar yuzasidan batafsil ma'lumot berdilar.
Muhimi, deyildi tadbirda, order har kimga ham emas, balki, aynan ehtiyojmand fuqaroga ajratilişiga erişiş, bunda davolaniş uçun order xarajatlari davlat budjeti hisobidan qoplanişi va uning ijrosini jamoatçilik asosida nazoratga olişga erişiş. Order ajratişni bir idora tasarrufidan çiqariş, barça fuqarolar oçiqlik tamoyili asosida yöllanmalarning ajratilişini kuzatib borişlarini ta'minlaş tizimini yölga qöyiş taklif etildi. Bu jarayonga xalq vakillari ham jalb etiladi, ular muammoga befarq bölmaydi.












