Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV Moskvadagi metro oldida chaqalog‘ini tashlab ketgan o‘zbekistonlik ayol ishi bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot berdi
Bola shahar kasalxonasida shifokorlar va mutaxassislar nazoratida, uning hayotiga hech narsa tahdid solmayapti
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi O‘zbekiston fuqarosi M.K. qo‘lga olingani to‘g‘risida va OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi.
Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotida aytilishicha, u farzandini Moskva shahri metrosi bekatlaridan biri yaqinida qoldirib ketgan. Hozirgi paytda tergov tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Elchixona mazkur vaziyatni 2020 yil 14 fevraldan buyon nazoratiga olgani hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan aloqa o‘rnatgani aytiladi. Bola shahar kasalxonasida shifokorlar va mutaxassislar nazoratida, uning hayotiga hech narsa tahdid solmayapti.
Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tishicha, Rossiyaning Markaziy federal okrugi (Belgorod oblasti, Bryansk oblasti, Vladimir oblasti, Voronej oblasti, Ivanovo oblasti, Kaluga oblasti, Kostroma oblasti, Kursk oblasti, Lipetsk oblasti, Moskva shahri, Moskva oblasti, Orlov oblasti, Ryazan oblasti, Smolensk oblasti, Tambov oblasti, Tver oblasti, Tula oblasti, Yaroslav oblasti) va Armaniston hududidagi fuqarolar zarur vaziyatlarda Moskva shahridagi elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20.
Mavzuga oid
08:51
Moskva yaqinidagi NQZga hujumdan so‘ng “neft yomg‘iri” kuzatildi
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026