O‘zbekiston | 15:26 / 22.02.2020
19677
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent chorrahalarida radarlar tarmog‘i qachon kengayadi? Avvalgi kameralarda xatoga yo‘l qo‘yilgan

 3 yil avval Toshkent shahri ko‘chalari va chorrahalarida avtomobilning qoidabuzarligini aniqlash maqsadida foto va tezlikni o‘lchovchi radarlar tarmog‘i ishga tushirilgan edi. Biroq, ularning sonini kengaytirish aytilgan bo‘lsa-da, biror ish olib borilayotgani ko‘zga tashlanmayapti. Buning sababi nimada? IIV YHXBBda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida shu masalaga oydinlik kiritildi.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

-  2017 yil martidan Toshkent shahrining 100dan ortiq chorrahalarida kameralar o‘rnatilgan va qoidabuzarliklarni qayd eta boshlagan edi. Bugungi kunda, bu ishlar davom etayotgani, to‘xtab qolganini kuzatayapmiz. Bu loyiha bekor qilindimi yoki davom ettiriladimi? Davom ettirish rejalashtirilayotgan bo‘lsa, qachon boshlanadi?

Olim Saidov - IIV YHXBB boshlig‘i, polkovnik

-  Xabaringiz bor, poytaxtimizning 115ta chorrahasida videokuzatuv moslamalari o‘rnatilgan. Ular hozir ham ishlab turibdi. Lekin, «Xavfsiz shahar» konsepsiyasi asosida AKT vazirligi bilan ularni modernizatsiya qilish ko‘zda tutilgan. Har chorshanba kuni ishchi guruhning yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. Sarmoyaviy dasturlar bor, ularning ustida ish olib borilyapti.

Avvalgi videokuzatuv kameralari AJT kompaniyasi tomonidan o‘rnatilgan. Hozirda, sertifikatlash, moliyaviy jihatdan ayrim masalalar bor. Qolaversa, hozirda, muqobil ravishda 3-4ta firmalar tanlab olindi. Ular orasida Nik Vision, Huawei, ABsoft degan kompaniyalar bor. Qay birining taklifi maqbul topilsa, o‘sha kompaniya kameralari va axborot-kommunikatsiya yechimlari o‘rnatiladi. 

AJT kompaniyasi kameralari faqat bir yo‘nalishda, o‘z qatorini qayd qilgan bo‘lsa, konsollarga o‘rnatiluvchi hozirgi zamonaviy kameralar bittasi birdaniga 4ta qatorni, ya'ni o‘zi turgan va qarama-qarshi yo‘lakni qayd eta oladi. Atlas degan kompaniya ham bor, har bir da'vogar kompaniya o‘z mahsulotini va taklifini ma'lum bir chorrahalarga o‘rnatadi, ular sinab ko‘riladi. Davlat komissiyasi qay birini ma'qul ko‘rsa, o‘sha kompaniya mahsulotlari o‘rnatiladi. 

Qachon degan savolga, aytishim mumkinki, ularni hujjatlashtirish, moliyaviy taraflari, texnik tomonlari bor, ularni ko‘rib chiqishimiz kerak bo‘ladi. AJT kompaniyasi kameralari o‘rnatilganda qaysidir ma'noda tajriba yetishmagan. Ikkinchi xatoga yo‘l qo‘yishimiz kerak emas. Endilikda, bu ishlarni to‘laqonli, keng qamrovli amalga oshirib, bu masalaga 5-10 yil davomida qaytmaslik rejalashtirilmoqda.

Mavzuga oid