NTV kanalining xabar berişiça, bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan ma'lum qildi.

Angela Merkel va Emmanyuel Makron 20 fevralda Vladimir Putinga Erdöğan bilan birga Idlibdagi inqirozni muhokama qilişni taklif qilgan. 2018 yil oktyabrda ham ular iştirokida Suriya böyiça sammit bölib ötgan.      

21 fevralda Erdöğan va Putin telefon orqali Idlibdagi vaziyatni muhokama qilişgan. Ta'kidlanişiça, Turkiya yetakçisi suhbat davomida rossiyalik hamkasbiga Soçidagi kelişuvlarga amal qiliş, Suriya prezidenti Başar Asad qöşinlarini töxtatiş va Suriyadagi gumanitar inqirozga barham beriş lozimligini eslatgan.    

Idlibdagi vaziyat fevral boşida Rossiya va Turkiya harbiylari öt oçişni töxtatişga urinişni amalga oşirgan bir vaqtda terrorçilar öz hujumlarini kuçaytirgandan keyin keskinlaşib ketdi.

11 fevralda Suriya muxolifati turk harbiylari kömagida Idlibdagi hukumat qöşinlariga hujum boşlagan. Öz navbatida Suriya armiyasi otryadlari Rossiya kömagi bilan bu hujumlarni qaytarişga muvaffaq bölgan.