Afğonistonda yangi COVID-19 koronavirusi yuqtirişi bilan boğliq ilk holat qayd etildi. Bu haqda mamlakat soğliqni saqlaş vaziri Firozuddin Firuzga asoslangan holda 1TV News telekanali xabar tarqatdi.

Afğoniston soğliqni saqlaş vaziri 23 fevral kuni Hirot viloyatida uç kişi koronavirus yuqtirişda gumon qilinib, ulardan namunalar olingan, tekşiruvlar natijasida ularning birida koronavirus yuqtiriş holati tasdiqlangan. Bemor yaqinda Eronning Qum şahridan Afğonistonga qaytgani aytilmoqda.

Telekanal xabarida aytilişiça, ayni vaqtda Hirotda favqulodda holat joriy etilgan. 

Ayni vaqtda Kuvayt va Bahraynda ham koronavirus bilan boğliq ilk holatlar qayd etildi.

Bahrayn axborot agentligi (BNA) qirollik soğliqni saqlaş vazirligi bayonotiga asoslanib xabar berişiça, Erondan kelgan fuqaroda yangi tipdagi koronavirus aniqlangan va bu mamlakatdagi ilk holatdir. Bemor kim bilan aloqada bölgan bölsa ularning barçasi Manamadagi tibbiyot markazida karantinga joylaştirilgan.

Bahrayn hukumati virus keng tarqalişi oldini oliş çoralarini körmoqda.

Kuvaytda esa uç kişi koronavirusdan zararlangani aniqlandi. Bemorlarning barçasi şu kunlarda Eronda bölib qaytgandi.

Sönggi kunlarda Eron ham koronavirusning yangi öçoğiga aylandi. Eron tibbiyot xodimlari 19 fevral kuni mamlakatda koronavirus yuqişi bilan boğliq ilk holat haqida ma'lum qilişgandi, ötgan vaqt içida 12 nafar eronlik virus qurboniga aylangan. Sönggi ma'lumotlarga köra, Eronda virusdan zararlanganlar soni 47 nafarni taşkil qilmoqda. Ularning barçasi Qum şahrida yaşovçilar yoki şu şaharda bölganlardir.

Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra esa Eronda koronavirus qurbonlari soni 50 nafardan ortiq.

Yangi koronavirus
Xitoy hukumati 2019 yilning 31 dekabrida Jahon soğliqni saqlaş taşkilotiga mamlakatning markaziy qismidagi Uxan şahrida (Xubey provinsiyasi) noma'lum kasallik tarqalayotgani haqida xabar bergandi. Mutaxassislar kasallik qözğatuvçisi - yangi koronavirus ekanini aniqlaşdi. JSST yanvar oyining ikkinçi yarmiga kelibgina virus tarqalişini jahon miqyosidagi favqulodda holat sifatida e'lon qildi va virusga yangi rasmiy nom berildi - COVID-2019.