Janubiy Koreya soğliqni saqlaş vazirligi ma'lumotiga köra, şanba va yakşanba kunlari mamlakatda mos ravişda 229 va 123ta koronavirus yuqtirişning yangi holatlari aniqlangan. Endilikda mamlakatda uşbu virusdan zararlanganlarning jami soni 556 nafarni taşkil qilmoqda.

Mamlakat soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Kim Gan Nip virus tarqalişi «jiddiy daraja»ga yetgani haqida ma'lum qilgan. Şu vaqtgaça Janubiy Koreyada 4 kişi virus yuqtiriş oqibatida halok böldi. Hukumat qurbonlar soni ortişi mumkinligidan taşvişda.
Yakunlanayotgan hafta boşida ham Janubiy Koreyada yangi virus bilan xastalanganlar soni 30 kişidan kamroq edi, ammo payşanba kuni ularning soni 100 kişiga yetdi, juma kuni esa 200 kişidan oşib ketdi. Poytaxt Seuldan 300 kilometr masofada joylaşgan va 2,4 million aholi istiqomat qiladigan Tegu şahri COVID-19 koronavirusining boş öçoğiga aylangan.
Janubiy Koreya koronavirusning uçinçi öçoğiga aylandi. Sönggi ma'lumotlar
21 fevral kuni Janubiy Koreya rasmiylari koronavirus epidemiyasi nasroniylarning «Sinçonji» diniy taşkiloti bilan boğliqligini ma'lum qildi. Uşbu sekta a'zosi hisoblangan 61 yoşli ayolda kasallik alomatlari 10 fevralda paydo bölgan, ammo u virus bor-yöqligini aniqlab beruvçi testdan ötişni ikki marta rad etgan va bu qarorini xorijga çiqmagani bilan izohlagan. Ayolda COVID-19’ning borligi aniqlanguniga qadar, u kamida ikkita yakşanba ibodatida qatnaşişga ulgurgan. U koronavirusni yuqtirib olgani tasdiqlangan Janubiy Koreyadagi 31-odam böldi, ayni vaqtda u uşbu virusning mamlakatdagi eng maşhur tarqatuvçisi hamdir. Kasallik unga kimdan yuqqani hozirça ma'lum emas. Ayni vaqtda mamlakatda 9 mingdan ortiq kişi karantinga olingan, ularning aksar qismi diniy sekta a'zolaridir.

Janubiy Koreya - koronavirus tarqalişi holatlari köpligi böyiça Xitoydan keyingi ikkinçi örinda. Xitoyda sönggi ma'lumotlarga köra virusdan zararlanganlar soni - 76 936 kişiga yetgan, mamlakat hududida virusdan 2442 kişi vafot etgan.













