Nodavlat ta'lim muassasalari o‘quvchilari va xodimlari kiyadigan kiyimlar nazoratga olinishi kutilyapti
O‘zbekistonda endi nodavlat ta'lim muassasalari o‘quvchilari va xodimlari kiyadigan kiyimlar ham nazoratga olinadi

Foto: O‘zA
O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi joylashtirildi.
Vazirlar Mahkamasidagi Ta'limni nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu qaror loyihasi “Nodavlat ta'lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizom va “Davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi kutilmoqda.
Taklif etilayotgan tahrirga ko‘ra, nodavlat ta'lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlariga ta'lim oluvchilarning kiyimiga turli din va konfessiyalar hamda turli submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi elementlarni (hijob, kipa, kashaya, xoch va boshqalar) qo‘shishga hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga xos bo‘lgan harbiy va idoraviy formali kiyim-bosh kiyib yurishga yo‘l qo‘ymaslik, o‘g‘il bola ta'lim oluvchilarning tashkilotga tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, soqol qo‘ygan, sochi 2-3 santimetrdan uzun bo‘lgan va yorqin ranglarga bo‘yalgan holda kelishlariga, qiz bola ta'lim oluvchilarning tashkilotga tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, sochini yorqin ranglarga bo‘yagan, yuzini ko‘zga tashlanadigan darajada makiyaj qilgan, qulog‘iga bittadan ortiq sirg‘a taqqan, barmoqlariga uzuk taqqan, qo‘l tirnoqlarini bo‘yagan va uzun qilib o‘stirgan holda kelishlariga yo‘l qo‘ymaslikka oid qoida kiritilmoqda.
Shuningdek, Davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishga ko‘ra, o‘quvchilarning davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasasiga belgilangan shakllardagi maktab formasida kelishlari ixtiyoriy, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab esa majburiy hisoblanadi. Shuningdek, aynan mazkur qoida nodavlat ta'lim tashkilotlari ta'lim oluvchilari uchun tavsiyaviy ekanligiga oid norma bilan to‘ldirilmoqda.
Tavsiya etamiz
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Britaniyalik 2 yoshli bola Mensa tarixidagi eng yosh dahoga aylandi
Jahon | 01:08
-
Istanbullik erkak har kuni ishga borish uchun Bosfordan suzib o‘tishi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 00:40
-
«Ahmoqlar. O‘t ochishni to‘xtatish o‘limlar bo‘lmasligi uchun kerak» - Zelenskiy
Jahon | 23:33 / 02.06.2025
Mavzuga oid

09:56 / 18.05.2025
O‘zbekistonda OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi

14:10 / 20.02.2025
O‘quvchilarni tartibga chaqirgan “zo‘ravon rais” - Qoziroboddagi maktabda o‘zi nima bo‘ldi?

18:06 / 19.02.2025
Noma’lum shaxs Toshkentdagi 71-maktabda «qirg‘in» uyushtirish bilan tahdid qildi

15:15 / 14.02.2025