Prezident “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga ötiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Belgilanişiça, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, suğurta taşkilotlari va yirik soliq tölovçilar toifasiga kiritilgan yuridik şaxslar:

2021 yil 1 yanvardan boşlab, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asosida buxgalteriya hisobi yuritilişini taşkil etadi va 2021 yil yakunlaridan boşlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlaydi, qonun hujjatlarida MHXSga ötişning ertaroq muddatlari nazarda tutilgan yuridik şaxslar bundan mustasno;

2021 yil yakuniga qadar buxgalterlarni xalqaro sertifikatlaş doirasida “MHXS böyiça moliyaviy hisobot” fanini muvaffaqiyatli topşirganligi töğrisida hujjatga yoxud “Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)”, “Sertifikatlangan diplomli buxgalter (ASSA)”, “Sertifikatlangan jamoatçi buxgalter (SRA)” va “Xalqaro moliyaviy hisobot böyiça diplom (DipIFR)” sertifikatlaridan (xalqaro buxgalter sertifikati) biriga ega kamida uç nafar mutaxassis miqdorida MHXSni sifatli qöllaş uçun yetarli bölgan buxgalteriya xizmati xodimlari bilan ta'minlaydi.

Davlat aktivlarini boşqariş agentligi 2020 yildan boşlab, uşbu bandda körsatilmagan davlat uluşi bölgan xöjalik jamiyatlari va davlat korxonalarining MHXS asosida buxgalteriya hisobini yuritiş va moliyaviy hisobotni tayyorlaşga ötiş jadvali har yili tasdiqlanişi va 1 iyunga qadar rasmiy veb-saytida e'lon qilinişini ta'minlaydi.

Şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq moliyaviy hisobotni ixtiyoriy ravişda MHXSga muvofiq tayyorlaydigan tadbirkorlik sub'yektlari buxgalteriya hisobining milliy standartlari böyiça moliyaviy hisobot taqdim etişdan ozod etiladi.

Moliya vazirligi MHXSni joriy etiş böyiça vakolatli organ etib belgilanadi va unga quyidagi funksiyalar yuklanadi:

Davlat soliq qömitasi, Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi bilan birgalikda MHXSning joriy etilişini, şu jumladan tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan moliyaviy hisobotlar MHXS asosida öz vaqtida e'lon qilinişini monitoring qiliş;

MHXS sohasida mutaxassislarni tayyorlaş böyiça jahonning muvaffaqiyatli tajribalarini ommalaştiriş, şu jumladan buxgalteriya hisobi va audit sohasida qayta tayyorlaş va malaka oşiriş böyiça nodavlat ta'lim taşkilotlarini (akkreditatsiyadan ötgan öquv markazlari) hamda sohaga oid oliy ta'lim muassasalarining öquv dasturlarini bosqiçma-bosqiç xalqaro akkreditatsiyadan ötkaziş yuzasidan buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro taşkilotlar (Sertifikatlangan diplomli buxgalterlar xalqaro assotsiatsiyasi (Association of Chartered Certified Accountans - ACCA) va boşqalar) bilan özaro hamkorlikni kengaytiriş;