Kun.uz manbasi xabar berişiça, boş vazir Abdulla Aripov rahbarligida ötkazilayotgan yiğilişda Moliya vaziri lavozimidan ozod etilib, Iqtisodiyot va sanaot vaziri lavozimiga ötkazilgan Jamşid Qöçqorov örniga Timur Işmetov tayinlangan.

Ayni vaqtda Moliya vaziri birinçi örinbosari lavozimida uning örnini kim egallaşi ma'lum emas.

Timur Işmetov 2019 yilning mayidan buyon Moliya vazirligida işlab kelayotgandi. U muqaddam Markaziy bank raisi örinbosari sifatida faoliyat körsatgan.

Timur Işmetov 1979 yilda Toşkentda tuğilgan. 2000 yilda Toşkent moliya institutining «Moliya va kredit» fakulteti, 2005 yilda Birmingem universitetining International Money and Banking yönalişida magistratura bosqiçini, 2007 yilda -Toşkent yuridik universitetining huquqşunoslik fakultetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2000 yilda Markaziy bank iqtisodçisi lavozimidan boşlagan. 2017 yil apreligaça turli lavozimlarda faoliyat körsatgan. Jumladan, turli vaqtlarda MBning Monetar operatsiyalar departamenti, Xalqaro rezervlarni boşqariş departamenti, Içki valuta bozoridagi operatsiyalar va Valuta boşqaruvi va nazorati departamentiga rahbarlik qilgan, 2017-2019 yillarda Markaziy bank raisi örinbosari bölgan.