Wall Street Journal gazetasining Xitoydagi xodimlari naşrni "Xitoy - Osiyoning haqiqiy kasal odami" sarlavhasi uçun uzr söraşga çaqirdi.

Maqola 3 fevralda çop etilgan bölib, unda Xitoy moliya bozorining holati şarhlangan. Xitoy hukumati va ijtimoiy tarmoqlardagi köplab izohlarga köra, sarlavha irqçilik ohangini öz içiga oladi.

Buning ortidan gazetaning Xitoydagi byurosida işlaydigan uç nafar jurnalistning akkreditatsiyasi bekor qilingan va ularga mamlakatdan çiqib ketiş uçun beş kun muhlat berilgan. Bu Xitoyning 1989 yildan buyon Ğarb jurnalistlariga nisbatan qöllagan eng yirik mana şunday çorasidir.  

20 fevral kuni Wall Street Journal’ning xitoylik xodimlari boş ofisga maktub yöllab, sarlavhani özgartirişni va "sarlavhadan xafa bölganlarning barçasidan" uzr söraşni iltimos qildi. Maktubga naşrning 53 nafar xodimi va boşqa naşrlarning bir neçta jurnalisti imzo çekkandi. 

Naşrning Xitoydagi byurosi rahbari Jonatan Çen masalaning töğri hal etilişi gazetaning Xitoyda faoliyat körsatişi uçun hal qiluvçi ahamiyatga ega bölişi mumkinligini alohida ta'kidlagandi.

22 fevral kuni gazeta vakillari "Xitoydagi WSJ xodimlari va ularning oilalari qanday jiddiy muammolarga duç kelayotganidan" afsusda ekanligini bildirişdi, ammo rasmiy ravişda uzr söraşmadi. Ular buning örniga, "Xitoydan keladigan sifatli va işonçli yangiliklarga ehtiyoj har qaçongidan ham katta" ekanligini, naşr jurnalistlariga qarşilik qiliş ularning işiga jiddiy xalaqit berayotganligini ta'kidlaşdi.