Bu haqda kompaniya saytida ma'lum qilingan.
Ta'kidlanişiça, vaksinalar solingan ampulalarning ilk partiyasi odamlarda sinaş uçun AQŞning allergik va yuqumli kasalliklar tadqiqot institutiga (NIAID) jönatilgan.
Qayd qilinişiça, vaksina rekord muddatda – koronavirus genomi aniqlangandan 42 kun içida yaratilgan. Uni yaratiş ustida yuzlab mutaxassislar işlagan.
NIAID direktori Entoni Fosining ma'lum qilişiça, vaksina sinalişi aprelda boşlanişi kerak. Buning uçun 20-25 nafar soğlom köngilli taklif qilinadi. Ularga vaksinaning xavfsizligini va virusdan himoyalaniş uçun zarur bölgan immun javob şakllanişini baholaş maqsadida vaksinaning 2 dozasi kiritiladi.
Ta'kidlanişiça, sinovlarning ilk natijalari iyul yoki avgustda paydo bölişi mumkin. Agar sinovlar muvaffaqiyatli ötsa, vaksina bir neça oydan keyin keng qöllana boşlanadi.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, Xitoyda koronavirusdan kasallanganlar soni 77658 nafarga, butun dunyo böylab esa 80098 nafarga yetdi. Vafot etganlar soni Xitoyda 2663 nafarni, butun dunyo böylab esa 2702 nafarni taşkil qilmoqda.
Hozirda bir neçta davlatlarda koronavirusga qarşi vaksinani yaratiş ustida işlar olib borilmoqda. Avvalroq Xitoyda koronavirusga qarşi samarali vaksina işlab çiqilgani, biroq uni hali sinovdan ötkaziş va oxirigaça yetkaziş kerakligi ma'lum qilingandi.













