Ruminiya Milliy liberal partiyasi yetakçisi Lyudovik Orban Ruminiya boş vaziri lavozimidan ketdi. Bu haqda prezident Klaus Yoxannis ma'lum qildi. 

Yoxannis boş vazir iste'fosini qabul qilib, bu lavozimga yangi nomzodni ilgari suriş uçun 26 fevralga siyosiy partiyalar bilan maslahatlaşuv çaqirtirgan.

Ruminiya prezidenti Orbanning öz vakolatlarini zimmasidan olişini Sotsial-demokratik partiya parlament yiğilişini boykot qilgani bilan tuşuntirgan. 

Orbanning avvalgi hukumati muxolif Sotsial-demokratik partiya taşabbusi bilan parlament tomonidan e'lon qilingan işonçsizlik natijasida 5 fevralda iste'foga çiqarilgandi. 

Orbanga işonçsizlik bildirilişiga hukumat qonunlarni parlament bilan kelişmagan va muhokama bosqiçidan ötmagan holda özgartirgani uçun bildirilgan. Şunga qaramay, prezident yangi hukumatni şakllantirişni yana Orbanga işonib topşirgan.