Favqulodda vaziyatlar vazirligi Buxoro şahrida sodir bölgan yonğin böyiça birlamçi ma'lumot taqdim etdi.
Joriy yilning 26 fevral kuni soat 22:37da Buxoro viloyat favqulodda vaziyatlar boşqarmasi navbatçilik qismiga Buxoro şahar Bahouddin Naqşband köçasidagi bir qator savdo majmualarida yonğin sodir bölayotganligi töğrisida xabar kelib tuşgan.
Voqea yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasining jami 9 ta qutqaruv avtomobillari hodisa joyiga yetib borgan.
Qayd etilişiça, yonğin-qutqaruv guruhlari tomonidan yonğinni öçiriş işlari olib borilgan.
Hodisa oqibatida kuyiş tan jarohati va halok böliş holatlari aniqlanmagan, deyiladi ma'lumotda.












