2020 yil 20 fevral kuni 66 yoşli X.T. yuz va çap köz jarohatlari bilan Bulunğur tumani tibbiyot birlaşmasiga murojaat qilgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Bulunğur tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilganida, X.T.ni fuqaro 32 yoşli D.X. urganligi aniqlangan.
2020 yil 23 fevral kuni X.T.,ga körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan şifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Bulunğur tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. D.X. gumon qilinuvçi tariqasida iştirok etişga jalb qilingan va protsessual tartibda uşlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

















