Prezidentning “Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi xabariga köra, hujjat bilan respublikadagi 5ta universitet qoşida Pedagogika institutlari taşkil etildi.
Jumladan, hududlarda pedagogik ta'lim infratuzilmasini yaxşilaş, ta'lim sohasi uçun mutaxassis tayyorlovçi oliy ta'lim muassasalarini tizimli rivojlantiriş va boşqaruv faoliyatini takomillaştiriş maqsadida quyidagi pedagogika institutlari taşkil etildi:
Samarqand davlat universiteti pedagogika ta'lim sohasining bakalavriat ta'lim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Samarqand davlat universitetining Pedagogika instituti;
Andijon davlat universiteti pedagogika ta'lim sohasining bakalavriat ta'lim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti;
Buxoro davlat universiteti pedagogika ta'lim sohasining bakalavriat ta'lim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti;
Toşkent davlat pedagogika universitetining Termiz filiali va Termiz davlat universiteti pedagogika ta'lim sohasining bakalavriat ta'lim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti;
Toşkent davlat pedagogika universitetining Şahrisabz filiali va Qarşi davlat universiteti pedagogika ta'lim sohasining bakalavriat ta'lim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Qarşi davlat universitetining Pedagogika instituti.












