Bu haqda vitse-prezidentning maslahatçisi IRNA axborot agentligiga ma'lum qilgan.  

“Abtaxor xonimda kasallanişning ba'zi alomatlari paydo bölgani hisobga olinib tahlil ötkazildi. Tahlil virus borligini körsatgan”, deb ma'lum qilgan manba. 

Avvalroq Eronda bir kunda ikki yuqori martabali amaldor koronavirusdan zararlangani ma'lum qilingandi. Eron soğliqni saqlaş va tibbiy ta'lim vaziri örinbosari Iroj Xarirçining koronavirusga topşirgan testi ijobiy natija bergan. Şuningdek, Eron parlamenti deputati Mahmud Sodiqiy özining koronavirusga çalinganini ma'lum qilgan. 

27 fevralga köra, Eronda koronavirusga çalinganlar soni 245 nafarga yetdi, ulardan 26 nafari vafot etgan. Şuningdek, 27 fevralda Eronda koronavirus tarqalişi boşlangandan beri eng köp sonda yangi kasallanganlar qayd qilingan. Ularning soni 100dan köproqni taşkil qilgan.