Senat raisi Tanzila Norboyeva Senatning ikkinchi yalpi majlisida ijro organlari faoliyati ustidan nazorat mexanizmini o‘rnatish masalasiga to‘xtalib o‘tdi. 

“Davlat rahbarining Parlamentga murojaatnomasida respublika jamoatchilik palatasini tashkil etish masalasi ko‘tarilgan edi. Bu palataning joylardagi bo‘limlari ham tashkil etiladi. Bu amaliyot har bir islohotning tashabbuskori jamoatchilik bo‘lishini ko‘rsatib beradi. Palataning faoliyat boshlanishi kutib o‘tirmasdan, bu jarayonga keng jamoatchilik jalb qilinadi”, − deydi Senat raisi.

Norboyevaga ko‘ra, ijro organlarining faoliyati ustidan nazorat olib borishga nodavlat-notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan shaxslar jalb qilinadi. Ular ijro vakillarining faoliyatini kuzatib, nazorat qiladi, kerakli takliflarni berib boradi.